Kashfiyotlar, ixtirolar va ilm-fan yutuqlari
Kashfiyotlar va ixtirolar, fan texnika yangiliklari, fizik va ximik olimlar, qurilamlarning ishlashi, turli dvigatellar haqida, fizik hodisalar, Flash dasturida tayyorlangan o'yinlar, fizik hodisalar virtual labaratoriyasi, Flash test o'yinlari, jahon ilmiy tadqiqot markazlari, eng qiziqarli masalalar, Matematika, fizika, astronomiya, geometriya, ilm-fan haqida hikmatlar, hadislar, oyatlar va boshqa ko'plab malumotlar hamda maqolalar
- asosiy sahifa - - sayt haqida - - biz bilan bog'lanish -

Flash animatsiyalarda virtual labaratoriya

Kuzatish va tajribalar... kichik ixtirolar.

Siz ham ixtiro qila olasizmi

Sizning ixtiro qilish qobiliyatingiz bormi? Taraqqiyotga o'z hissangizni qo'shing

Inson zehni to'xtovsiz ravishda yangi izlanishlar sari ilgarilaydi. bunga dalil sifatida oddiy qalam konstruktsiyasi uchun shu paytgacha 20 ming patent berilganini ta'kidlash kifoya. Masalalarga yangi ijodiy yechimlar topish uchun esa eskilarini ko'p Kovlashtirish kerak. Masalan, mashhur ixtirochi Tomas Edison: Men bir ixtiro qilishdan oldin, shu paytgacha bu borada nimalar qilinganini puxta o'rganar edim degan. Ilmiy-fantast romanlari bilan tanilgan Jyul Vernning asarlarida keltirilgan 108 ta xayoliy ixtirolardan keyinchalik 64 tasi amalga oshirilgan. O'limidan keyin esa uning xonasidan turli fan va texnika sohalariga tegishli ma'lumotlar yozilgan 20 mingta qog'oz varaqlari topilgan. Eski ixtirolar yangi muammolarga yechim bo'lgan holatlar ko'plab uchraydi. Shuning uchun ixtirochiga alohida yondaftar tutib yurish va kezi kelganda uni varaqlab turish tavsiya etiladi. Bu kutilmagan yangiliklarga ilhom manbasi bo'lishiga shubha yo'q.


Fan va texnikada ijodkor yoki ixtirochi bo'lishni xohlaysizmi? degan savolga ko'pchilik yelka qisadi. Chunki ixtirochilik va ijodkorlik maktabda alohida dars sifatida o'tilmaydi. hatto ba'zida ijodkor bo'lish uchun maxsus qobiliyat bo'lishi lozim deyishadi o'qituvchilar. Lekin tajribalar shuni ko'rsatmoqdaki, imkonsizliklar yangi imkoniyatlarni tug'ishi hech gap emas. Ijodkorlik yo'li barcha uchun ochiq. Biroq ba'zilar ixtiro uchun mavzu topishga qiynalishadi. Yoki kimlardir allaqachon ijod qilib bo'lgan narsani qayta ixtiro qilishadi. Aslida ixtiro uchun mavzu bo'lishga arziydigan muammolar atrofimizda tarlicha mavjud. Ularni ko'proq inson faoliyatiga zarar beradigan omillardan, energiya, ishchi kuchi yoki material ko'p isrof bo'ladigan joylardan, necha yillardan beri hech qanday o'zgarishsiz yotgan va an'anaga aylanib qolgan ashyo yoki texnikalardan izlash zarur. Siz ham o'z kuchingizni sinab ko'rishingiz mumkin. Kim biladi, balki hech kimning aqliga kelmagan g'oya sizning miyangizda yashirinib yotgandir. Uni yuzaga chiqarish uchun ozgina turtki kifoya. Saytimiz sizga bu borada ko'makchi bo'la oladi.


Uzoqdagi jismgacha bo'lgan masofani aniqlaydigan asbob
Bu asbobni yasash oson , 2 ta chizg'ich kerak, xolos, buning yordamida turgan joyingizdan uzoqdagi obektgacha bo'lgan masofani yoki obektning kengligini aniqlash mumkin.
obektgacha masofani topish uchun obektning taxminiy kengligini yoki balandligini chamalab ko'rish kifoya, obekt kengligini topish uchun esa obektgacha masofani taxminan bilish kifoya. Sizga ana shunday ajoyib qurilmani yasash yo'l yo'riqlarini o'rgatamiz, eng asosiysi sizda qiziqish bo'lsin... O'zim ham bu qurilmani 2007-yil yasagan edim...

Teleskop qanday ishlaydi... Teleskop yasaymiz...
Kechalari yulduzlar bilan qoplangan osmonda qanday sirlar borligini bilishga qiziqsangiz, ularni oddiy ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi. Siz bilan teleskop yasashni birgalikda o'rganamiz va cheksiz koinotni imkon boricha o'rganamiz
Oydagi tog'lar, sayyoralar va boshqa kosmik jismlar haqida eshitgansiz, ammo ularni ko'z bilan ko'rishga nima yetsin. Bu borada biz sizga yordam beramiz. Mavzuga kiring va har bir jumlani diqqat bilan o'qing...


Ko'rinmas odam ning nuqsoni nimada...
BIR O'Q BILAN IKKI QUYON
PNEVMATIKA
XAVFSIZ ShIShA, avtomobilning xavfsiz
oynasi
Atrofimizga qarasak, ishlatilmay yotgan ko'pgina resurslar mavjud. Ixtirochilar muammolarni qal qilishda ana shunday resurslardan foydalanib, bir o'q bilan ikkita quyonni
urishga intiladilar.
Masalan, yapon muhandisi yuvindi suvlardan hojatxona tozalash mexanizmini yasab, millionlab kubometr qajmda suv tejalishiga sabab bo'lgan....
-Texnika va sanoatdagi ba'zi muammolar oddiy havo bilan hal bo'ladi. Siqilgan havo
bosimidan, yoki havo oqimidan foydalaniladigan moslamalarga pnevmatik konstruktsiyalar deyiladi. Ular amortizatsiya, transportirovka, qurilish va boshqa xo'jalik majmualarida keng qo'llaniladi....

-Ma'lumki, ilk avtomobillar oynasi oddiy shishadan yasalgan. 1903 yili frantsiyalik kimyogar Eduard Benediktus tajribalarining birida shisha kolbani stoldan tushirib yuboradi.


Universallik uslubi - universal qurilmalar.
 Magnit kuchi - magnitning foydalari

Hayotimizda qo'llaydigan texnika buyumlarida ham universallik uslubi qo'llanilmoqda, masalan: mobil telefonlar esa telefon so'zlashuv, kamera, fotoapparat, diktofon, radio va boshqa ba'zi vazifalarni bajaradi. Bu esa inson mahsulidir...
- Texnika va sanoatda magnit ishlatiladigan sohalar bisyor. Hozir ham bu effektni qo'llab juda ko'p kashfiyotlar qilinmoqda. Misol uchun, bir yosh ixtirochi, changyutgichning so'rg'ichiga magnit tayoqchasini yopishtirib qo'yishni taklif qilgan. Natijada, supurish davomida... ...
- Ijodkorning eng muhim xislatlaridan biri nazar va tasavvur kengligidir. Albatta hamma narsa o'ylashga bog'liq. Maqsad esa ijodkorning oldiga o'zi kelib qolmaydi. Uni ham izlangan topadi ....


Mikroto'lqinli pechka qachon yaratildi ?
 Yopishqoq tasmali tugma
 Teskari effekt usulida muammo hal bo'lsa...
 Issiqlikda moddaning kengayishi

 
Hozirda hammamizga yaxshi tanish bo'lgan mikroto'lqinli pechkaning ixtirochisi 120 dan ortiq kashfiyotlar muallifi Persi Spenserdir. 1945-yil, ya'ni ikkinchi jahon urushi tugashi arafasida, u radarlar sifatini oshirish ustida tajriba o'tkazardi....
- Ma'lumki, har qanday modda isiganda kengayadi. Ayniqsa metall ishlatiladigan joylarda buni hisobga olish kerak. Trolleybus yoki tramvay simlari ko'pincha yozda osilib qoladi. Sababi metall sim issiqlikda uzayadi. Ushbu fizik hodisani foydali tomonga ishlatsa bo'lmaydimi ?...
- Bochka ichidagi yog'ga suv aralashib qolsa nima qilish kerak?, Odatda moyni suvning bug'lanish haroratigacha qizdirib suv yo'qotiladi. Biroq aksincha usul ishlatsak-chi ? Ya'ni moyni suvning muzlash haroratigacha sovutsak....


Buni unutmang !-siz uchun foydali maslahatlar
 Vibratsiya - yordamida muammolarni hal etish

   mumkinmi?
 DINAMIKA - yangi g'oyalar va ixtirolar
 Cho'tka effekti - cho'tkani hayotda qayerlarda

  qo'llash mumkin ?

- Ma'lumki vibratsiya, ya'ni tebranish mexanizmlarga salbiy ta'sir etuvchi omillar qatoriga kiritiladi. Uni yo'qotish yoki kamaytirish uchun turli konstruksiyalar ishlatiladi. Ammo vibratsiyani foydali tomonga ishlatish ham mumkinmi ?


Savol - ixtiro kaliti
 Henri Ford qo'llagan usulni qo'llang-chi
 Ideal modda - penoplast, penobeton

Shunday moddani faraz qilingki, uning deyarli og'irligi bo'lmasin, issiq yoki sovuqni, ovozni o'tkazmasin, shu bilan birga mustahkam va har qanday tashqi ta'sirlarga chidamli, bunga qo'shimcha, yana arzon ham bo'lsin.
Olimlar ko'pikning ajoyib xususiyatlaridan ko'pikbeton ( penobeton ), ko'pikmetall (penometall), ko'pikplastmassa (penoplast), porolon kabi materiallar ishlab chiqishgan....



FOYDALI SAYTLAR jahon milliy jug'rofiya jamiyatining sahifasi.
Bu saytda esa, turli qurilmalar, uy jihozlari, asbob anjomlarning qanday ishlashi va tuzilishi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz. fizik hodisalarning qanday ro'y berishi va ularning videoda olingan tasvirlari ham mavjud.
Ushbu saytning nomi discovery bo'lib, muhandislik, fizika, kimyo va boshqa ixtirolar ham da yangiliklardan xabardor bo'lasiz
Bu sayt AQSh koinotni tadqiq etish agentligi saytidir. Astronomiyaga oid bilimlarni egallaysiz.
Quyidagi sayt esa aniq fanlarga bag'ishlangan. Matematika, fizika kabi bilimlarni egallash uchun qo'l keladi.
SIZNING REKLAMANGIZ UCHUN JOY murojaat uchun leonardo73@rambler.ru

Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezaylik !

Vosidiy Muslim tomonidan tayyorlandi. *** iqtibos olganda sayt manzili (kashfiyotlar.narod.ru) ko'rsatilishi shart.
Qo'shimcha taklif va mulohazalar yuborishingiz mumkin.. e-mail: leonardo73@rambler.ru
This template was provided free by www.free-templates.org

hisoblagich
Saytga kirganlar soni
Hosted by uCoz