Kashfiyotlar, ixtirolar va ilm-fan yutuqlari
Kashfiyotlar va ixtirolar, fan texnika yangiliklari, fizik va ximik olimlar, qurilamlarning ishlashi, turli dvigatellar haqida, fizik hodisalar, Flash dasturida tayyorlangan o'yinlar, fizik hodisalar virtual labaratoriyasi, Flash test o'yinlari, jahon ilmiy tadqiqot markazlari, eng qiziqarli masalalar, Matematika, fizika, astronomiya, geometriya, ilm-fan haqida hikmatlar, hadislar, oyatlar va boshqa ko'plab malumotlar hamda maqolalar
- asosiy sahifa - - sayt haqida - - biz bilan bog'lanish -

Flash animatsiyalarda virtual labaratoriya

ilm-fanga hissa qo'shgan kashfiyotchi olimlar va ixtirochilar hayoti.

Bu sayt endi birzum.ga saytiga ko'chdi...
Maqolalar davomi www.birzum.ga saytida

Olim kim ?

Olimlar atrofni, dunyoni, olamni va undagi narsalarni o'rganadi. Olimlar o'zlariga o'zlari savol beradilar va shu savollarga o'zlarining tajriba va kuzatishlari natijasida javob izlaydilar. olimlar turli xil sohalarda faoliyat yuritadilar, ammo shunday olimlar ham borki ular aynan bir sohani emas , balki turli sohalarni egallay oladi, ular serqirra yoki har tomonlama ijodkordir.
Olimlar haqida gapirar ekanmiz, avvalo olim deb kimlarni aytish kerak, ular qanday xususiyatlarga ega bo'ladi ? degan savolga javob berish kerak: Haqiqiy olim bilimga chanqoq, olam va uning mohiyatini bilishni istaydigan, haqiqatparvar, insonlarni tushuna oladigan va boshqa ijobiy sifatlarga ega bo'lgan odamlarni tushunish kerak. Odobli, axloqli va madaniyatli insonlargina olim bo'la oladi. Dunyoni aylanib tekshirib chiqsak, birorta axloqsiz, odobsiz odamni ilm egallaganini ko'rmaymiz. Xulqi yomonlar va odobsizlar ilm olmaslik bilan cheklanib qolmay, uni ustiga olimlarga hasad qiladi va boshqalarga aziyat bergisi keladi. Alloh taolo bunday inson bo'lishdan o'zi saqlasin.


QADIMGI YUNON OLIMLARI haqida o'qish...
Qadimgi yunonlar ilmiy bilimlarni juda qadrlshgan. bu holat ularning avlodlarini ham hayratda qoldirgan. Eng mashhur yunon olimlaridan biri Arximed bo'lgan, u jismlarning suzish qonunini kashf qilgan....

Arximed, Aristotel, Pifagor , Platon, Suqrot va boshqa yunon allomalari haqida batafsil...


Movarounnahr allomalari X- XII asrlarda movarounnahr ilm fanning markaziga aylandi. "Nima uchun aynan shu davrda buyuk olimlar yetishib chiqdi?" degan savol ug'ilishi tabiiy, albatta. Bu davrga kelib Movarounnahrga tashqi hujumlar va ichki urushlar bir qancha muddat kamaydi.
Ahmad Al Farg'oniy, Al Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa olimlar haqida batafsil...

Leonardo da vinchi
Universal bilim sohibi, serqirra ijodkor va kashfiyotchi, Leonardo da vinchi (1452-1519) Italiyadagi uyg'onish davriningdavrining eng buyuk arboblaridan edi.

Leonardo da Vinchi yorug'likning soyaga aylanishini eng nozik, sezilar sezilmas farqlarini g'oyat yuksak mahorat bilan aks ettirardi. Uning chizgan rasmlarida narsalarning tashqi ko'rinishi xiraroq rang bilan yumshatilgan.


ALBERT EYNSHTEYN kim bo'lgan?
Albert 1879-yil bahorida Germaniyaning Ulm shahrida tavallud topdi. Ko'p o'tmay ularning oilasi Myunxenga ko'chib ketishdi.

Nisbiylik nazariyasi haqida
Albert Eynshteynning 1905-yilda yaratgan Nisbiylik nazariyasi haqida gapirishdan oldin uning dastlabki ilmiy asari shu yilda nashr etilganini aytish o'rinli. U 1905-yilda yorug'likni tashkil etuvchi zarralar-fotonlar nazariyasi maqolasini e'lon qildi.


FIZIK OLIMLAR
Isaak Nyuton, Maykl Faradey, Nobel Alfred Bernxard

Ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanikaning asoschisi Isaak Nyuton tarixdagi eng mashhur olimlardan biri edi. Nyuton 1661 - yil Angliyaning Linkolnshir shahrida fermer oilasida tug'ildi. U Kembrij universitetining matematika fakultetiga o'qishga kirdi ...


FIZIK OLIMLAR
Galileo Galiley, Iogann Kepler, Benjamin Franklin

Galiley (1564- 1642) Italiyaning Piza shahrida tavallud topdi. U dastlab meditsina (tibbiyot) ilmini o'rgandi va universitetda dars bera boshladi. Galiley faqat tibbiyot bilan cheklanib qolmay, u boshqa fanlarga ham katta qiziqish bilan qarar edi...
Benjamin Franklin (1706-1790) elektr zaryadlar ustida tadqiqot qiluvchi olimlardan biri edi. U AQSH da sham tayyorlovchilar oilasida tug'ildi. Ular oilasida 17 ta o'g'il edi...


FIZIK OLIMLAR
Vilgelm Rentgen , Genrix Gerts, Jeyms Maksvell , Dmitriy Mendeleyev, TOMAS ALVA EDISON

Rentgen 1895-yil anod va katoddan iborat elektrodli vakuum trubkalarida tajriba o'tkazayotib bir qancha yangi hodisalarni va noma'lum nurlarni kuzatadi, tasodifan Rentgen o'zining qo'l suyallarning qora tasvirini plastinkada ko'rib qoladi....
Edison (Tomas Alva Edison; 11 fevral 1847 - 18 oktabr 1931) butun dunyoga mashhur amerikalik ixtirochi. Edison AQShda 1093 ta, dunyoning boshqa mamlakatlarida esa 3 mingga yaqin patentlarga ega bo'ldi. U telegraf, telefon, kinoapparaturani takomillashtirdi...


FOYDALI SAYTLAR jahon milliy jug'rofiya jamiyatining sahifasi.
Bu saytda esa, turli qurilmalar, uy jihozlari, asbob anjomlarning qanday ishlashi va tuzilishi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz. fizik hodisalarning qanday ro'y berishi va ularning videoda olingan tasvirlari ham mavjud.
Ushbu saytning nomi discovery bo'lib, muhandislik, fizika, kimyo va boshqa ixtirolar ham da yangiliklardan xabardor bo'lasiz
Bu sayt AQSh koinotni tadqiq etish agentligi saytidir. Astronomiyaga oid bilimlarni egallaysiz.
Quyidagi sayt esa aniq fanlarga bag'ishlangan. Matematika, fizika kabi bilimlarni egallash uchun qo'l keladi.
SIZNING REKLAMANGIZ UCHUN JOY murojaat uchun leonardo73@rambler.ru

Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezaylik !

Vosidiy Muslim tomonidan tayyorlandi. *** iqtibos olganda sayt manzili (kashfiyotlar.narod.ru) ko'rsatilishi shart.
Qo'shimcha taklif va mulohazalar yuborishingiz mumkin.. e-mail: leonardo73@rambler.ru
This template was provided free by www.free-templates.org

���������� �������
���������� �������
Hosted by uCoz