Kashfiyotlar, ixtirolar va ilm-fan yutuqlari
Kashfiyotlar va ixtirolar, fan texnika yangiliklari, fizik va ximik olimlar, qurilamlarning ishlashi, turli dvigatellar haqida, fizik hodisalar, Flash dasturida tayyorlangan o'yinlar, fizik hodisalar virtual labaratoriyasi, Flash test o'yinlari, jahon ilmiy tadqiqot markazlari, eng qiziqarli masalalar, Matematika, fizika, astronomiya, geometriya, ilm-fan haqida hikmatlar va boshqa ko'plab malumotlar hamda maqolalar
- asosiy sahifa - - sayt haqida - - biz bilan bog'lanish -

Flash animatsiyalarda virtual labaratoriya

Kashfiyotlar va ixtirolar.

Bu sayt endi birzum.ga saytiga ko'chdi...
Maqolalar davomi www.birzum.ga.uz saytida

Bu sayt endi birzum.ga saytiga ko'chdi...
Maqolalar davomi www.birzum.ga saytida

Tasavvur qiling, butun hayoti davomida Tomas Edison 1 093 ta kashfiyot qilgan! U har kuni miyasini mashq qildirar va o'zi uchun yangilik ochardi. Har 10 kunda o'rtacha ixtirolar, har yarim yilda esa olamshumul kashfiyotlar qilardi. Siz ham o'z oldingizga g'oyalarga nisbatan ma'lum bir ko'rinishda kvotalar qo'yishingiz mumkin. Masalan, har kuni ikkita yangi g'oya haqida o'ylang. Albatta, ulardan biri ahmoqona, yana biri esa mavjud tuyulishi mumkin. ammo bir tasavvur qiling-a, atrofdan qanchadan-qancha g'oyalar olish mumkin?! Birinchi g'oyadayoq boshingiz g'ovlab ketsa, bu uzog'i bir haftaga cho'ziladi, ana undan keyin xammasi o'z o'rniga tushib ketadi. Miyangizga g'oyalar oqimi o'z-o'zidan kela boshlaydi.
Kashfiyot nima? ixtiro nima?
ilm fan haqida gapirganimizda Kashfiyot yoki ixtiro degan so'zlarni ko'p ishlatamiz. Xo'sh bu ikki so'z ma'no jihatdan bir xilmi? kashf qildi bilan ixtiro qildi so'zlari o'rtasida qanday farq bor?. Aslida bu so'zlar bir biridan farqli bo'lgan ikki xil ma'noni bildiradi. Farqi shunday-ki: Misol uchun, tarix fanidan geografik kashfiyotlar degan jumlani ko'p marta eshitgansiz. Nega endi geografik ixtirolar deyilmaydi? Endi, ixtiro va kashfiyot so'zlariga alohida izoh bersak. Ixtiro bu avvaldan hayotda mavjud bo'lmagan yoki hech qayerda bo'lmagan biror qurilma yoki mexanizmni yaratish. Masalan televizor ixtiro qilinishi degan gapda, televizor avvaldan tabiatda yoki olamda umuman mavjud bo'lmagan. Kimdir televizorni o'z qo'li bilan yasadi va televizor mavjud bo'ldi. Kashfiyot esa, bu hayotda avvaldan mavjud bo'lgan, lekin insonlarga noma'lum bo'lgan va hech kim bilmagan biror yangilikni ochish. Boshqacha aytganda, Dunyoda bor bo'lib, lekin odamzot bilmaydigan narsani insonlarga ma'lum qilinishi tushuniladi. Masalan, Amerikaning kashf qilinishi deganda, o'z o'zidan ma'lumki, Amerika avvaldan yerda mavjud bo'lgan, biroq, insonlar bu haqda bilishmagan. Shu sababdan kashf qilindi iborasi ishlatiladi. Yana bir misol keltirsak: tortishish qonuni kashf qilindi deyilganda, bu qonun avvaldan olamda mavjud bo'lgani, biroq bu haqda insonlar bilmaganlar. Haqiqtdan ham, fizika, kimyo, astronomiya va boshqa fanlarda topilgan qonunlar azaldan mavjud, ammo insonlar bu qonunni keyinroq bilib olganlari tufayli qonun kashf qilindi deb aytiladi.

AQSH da Avtomobilning eng so'nggi turi  uchar avtomobil sinovdan o'tkazildi .
AQShning Massachuseta shtatidagi Terrafugia kompaniyasi yaratgan bu avtomobil nomi Terrefugia Transition deb nomlanadi. U havoda yaxshigina parvoz qilish bilan birga  yo'llarida ham oddiy avtomobillar kabi bemalol yura oladi. Nyu york shtati bo'ylab 6 marta muvaffaqiyatli parvoz qildi.


QADIMGI IXTIROLAR haqida o'qish...
G'ildirak qanday ixtiro etilgan ?
Qadimda vaqt o'lchovi...

Vaqtni aniqlashda qadimgi yunonistonda datlab quyosh soatlaridan foydalanishgan. Bu soatlar insoniyat tarixidagi birinchi soat edi. Ular 4000 yil ilgari ishlatilagan. Bunda vaqt, tik turgan taxtachaning soya uzunligiga qarab aniqlangan.....


O'lchov asboblari va soatlar
Soat tarixi... Mayatnikli soat... Kvarts kristalli elektron soat... Atom soatlari ...
Haroratni o'lchash qachondan boshlandi ?..., harorat shkalasi nima ?

Issiqlik va sovuqlik miqdorini o'lchash uchun ilk termometr asboblarini 1714-yilda nemis fizigi Gebriel Daniel Farengey o'ylab topdi. Uning termometri simobli bo'lib, buning uchun muz va tuz aralshmasining haroratini 0 daraja deb belgiladi....
Aloqa qurilmalari qachon ixtiro qilindi ?
Simli aloqa... Morze kodlari ...
TELEFON ALOQASI qachon paydo bo'ldi ?...
optik kabellar ...
Haroratni o'lchash qachondan boshlandi ?..., harorat shkalasi nima ?

XIX-asrda aloqa sistemasi va mexanizmlari kashf qilish jarayoni anchagina qiyinchiliklar va sekinlik bilan davom etdi. Qadimgi davrlarda odamlar bir biriga maktubni choparlar yoki karvonlar yordamida yetkazar edi
Avtomobillar tarixi
Dvigatel qanday ixtiro qilingan ?... ichki yonuv dvigateli ... AVTOMOBILNI KIM IXTIRO QILGAN ?... Birinchi avtomobil zavodi ...

Birinchi yengil dvigatelni 1860-yilda belgiyalik muhandis Etenn Lenuar (1822-1900) ixtiro qildi. Uni ichki yonuv dvigateli deb atashgan. Bu dvigatelning porsheniga havo va yonuvchi gaz aralashmasi yuboriladi va u qattiq siqilib yonish natijasida energiya hosil bo'lib porshenni harakatga keltiradi. Porshen esa g'ildirakni aylantiradi...
Samalyotlar va uchish apparatlari tarixi
HAVO SHARLARI ... Samalyot qanday yaratilgan ? ... Samalyot qanday qilib uchadi ?... Vertolyotni kim ixtiro qilgan? ...

Birinchi bo'lib havoga ko'tarilgan kishilar aka-uka Mongolfe: Jozef (1740 -1810) va Jak (1745 -1799) hisoblanadi. Ular issiq havo sovuq havoga nisbatan yengil bo'lishini kashf etdilar. Shunday ekan, havo sharini bunday havo bilan to'ldirsa bo'ladiku? Birinchi bo'lib bu havo sharida sinov uchun xo'roz va o'rdak osmonga ko'tarilib, atigi 8 minut turishdi...


Gillette tarixi., Xavfsiz britvalar qachon yaratildi ?
Bir martalik lezviya qachon va kim tomonidan yaratildi ? Gillette kim bo'lgani ?...

Birinchi xavfsiz britva 1771 -yil fransiyalik Jan Jak Pere tomonidan ixtiro qilindi. Ungacha britvalar ochiq holda bo'lib juda xavfli edi. Ammo bu britvaning tig'ini ham doim o'tkirlab turish talab etilardi. Bu muammoni AQShlik King Jillett Kemp hal qildi...

Mikroto'lqinli pechka qachon ixtiro qilindi ?


FOYDALI SAYTLAR jahon milliy jug'rofiya jamiyatining sahifasi.
Bu saytda esa, turli qurilmalar, uy jihozlari, asbob anjomlarning qanday ishlashi va tuzilishi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz. fizik hodisalarning qanday ro'y berishi va ularning videoda olingan tasvirlari ham mavjud.
Ushbu saytning nomi discovery bo'lib, muhandislik, fizika, kimyo va boshqa ixtirolar ham da yangiliklardan xabardor bo'lasiz
Bu sayt AQSh koinotni tadqiq etish agentligi saytidir. Astronomiyaga oid bilimlarni egallaysiz.
Yoshlar uchun ilmiy ommabop sayt. Fizikaga oid malumotlar va virtual labaratoriya bor.
REKLAMA uchun joy , murojaat uchun: leonardo73@rambler.ru

Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezaylik !

Vosidiy Muslim tomonidan tayyorlandi. *** iqtibos olganda sayt manzili (kashfiyotlar.narod.ru) ko'rsatilishi shart.
Qo'shimcha taklif va mulohazalar yuborishingiz mumkin.. e-mail: leonardo73@rambler.ru
This template was provided free by www.free-templates.org


���������� �������
Hosted by uCoz