Kashfiyotlar, ixtirolar va ilm-fan yutuqlari
Kashfiyotlar va ixtirolar, fan texnika yangiliklari, fizik va ximik olimlar, qurilamlarning ishlashi, turli dvigatellar haqida, fizik hodisalar, Flash dasturida tayyorlangan o'yinlar, flash darslari, fizik hodisalar virtual labaratoriyasi, Flash test o'yinlari, jahon ilmiy tadqiqot markazlari, eng qiziqarli masalalar, Matematika, fizika, astronomiya, geometriya, ilm-fan haqida hikmatlar va boshqa ko'plab malumotlar hamda maqolalar
- asosiy sahifa - - sayt haqida - - biz bilan bog'lanish -

Flash animatsiyalarda virtual labaratoriya

ILM -FAN HAQIDA HIKMATLI SO'ZLAR, OYATLAR, MAQOLLAR VA HADISLAR.

Bu sayt endi birzum.ga saytiga ko'chdi...
Maqolalar davomi birzum.ga saytida

Bu dunyoda yashab ilmga rag'bat etmagan kishini hammomga kirib, yuvinmay chiqqan nodonga o'xshatishadi. Shukr bo'lsinkim, ilm istovchi yoshlar ko'p. Ammo ular orasida o'qishga ko'p miqdorda pul to'lab kirganlari holda hech narsani o'rganmagan holda, o'qimay yurish uchun yana qo'shimcha haq to'lovchilar ham bor. Demoqchimizki, ota yoki ona, amaki yoki tog'a farzandi yoki jiyanini o'n bir yil o'qigani bilan bilimsiz ekanini bilsa-da, pul, o'z nomi bilan aytganda PORA evaziga oliy o'quv dargohiga kiritadilar. Bu bilan kifoyalanishsa, olam gulkiston edi. Afsus-ki, o'sha bola, ilmga chanqoq, ammo puli bo'lmagan tufayli o'qishga kirolmayotgan zehn egasining o'rnini turgan o'sha dumbul, baribir ilm olmaydi. To'rt- besh yil davomida bittagina daftarni xo'jako'rsinga dastmoya qilib ko'tarib yuradi-yu, borib kelaveradi. Imtihon chog'larida esa yana otasining cho'ntagi kavlanadi. Bundan ayrim muallimlar ham manfaatdor. O'sha "ayrim muallimlar" ilm istagidagi idrokli bola o'rniga dangasa va nodonning o'qishga kirib olganidan qayg'urmaydilar. Kelajak yoshlar qo'lida, ammo o'sha pora bilan kirigan nodon talabalar biror korxonalarda rahbar bo'lsa jamiyat taqdiri nima bo'lishini hech kim o'ylamaydimi ?! Jamiyat taqdiri mayli, hatto o'sha o'qituvchilar o'z fanlarining kelajagini o'ylamaydilar. Jamiyatga xiyoat qiladilar, fanga xiyonat qiladilar. Qiyomatdagi javobdan qo'rqmaydilar. Ilmsiz bolaga diplom berilishi tufayli jamiyatning ulardan ozor chekishi ularni tashvishga solmaydi. Nega-ki, o'shalar agarda mansab egasi bo'lsa, bema'ni qarorlar chiqarish, quruq majlisbozlik-u qog'ozbozlikdan boshqa narsani eplay olmasligini hamma biladi. Pora berib o'qishga kirganlarni ikki toifaga ajratish mumkin: Birinchisi, yuqorida aytilgandek, bitta daftarchani to'rt yil davomida ko'tarib olib o'qishga borib kelaveradi va o'zidan g'ururlanib o'zini ko'rsatish uchun boib kelaveradi. Ikkinchi toifa bulardan ham battarroq. Bu toifa esa birorta vijdonsiz muallimni topib, unga sinov daftarchasi (zachotkasi)ni berib qo'yadi, vassalom ! O'zi o'qishga qadam bosmaydi. Sinov daftarchasiga baholar o'zi qo'yilaveradi. Oqibatda bu noinsof diplom ishini ham a'lo baholarga himoya qilib tashlaydi. Bundaylarga yoshlarning o'zlari "zachyotkasi o'qiydi" deb ta'rif beradilar.

Keyingi yillarda xorijga borib o'qishga intilish kuchaydi. Bu harakatni inkor etmaganimiz holda deymiz-ki, xorijda olinadigan ilmni o'z yurtimizda ham egallashimiz mumkin. Chunki ham ijtimoiy, ham dunyoviy ilmlarda yetuk olimlarimiz borkim, xorijliklar kelib bizdan o'rgansa arziydi. Bu borada faqat bir masala hal qilinsa bas: O'rgatuvchiga ham, o'rganuvchiga ham xorijdagi shart sharoitni muhayyo qilib berilsa kifoya. Oldimizdan oquvchi suvning qadrlasak, o'zimizga foydadir. Gap qayerda o'qishda emas, qanday o'qishda ! Ilmni o'rganishda chin ixos va qiziqish bilan kirishish kerak. Ishiga ixlossiz kirishgan kishi uni oxiriga yetkaza olmaydi. Keyingi yillarda xorijga borayotgan ko'pchilik yoshlarimizning asl maqsadi ilm o'rganish bo'lmaganini ko'rdik. Aniqroq qilib aytganda, o'sha yoshlarimiz ilm tolibi sifatida emas, balki tomoshatalab sayyoh maqomida o'ynab-kulib borib kelishdi. Ilmga emas, sayru tomoshalarga ixlos qo'yishdi. Nomlari ulug': chet ellerda o'qib kelgan" degan maqomni olishdi, ammo boshda ilm yoki hunar yo'q, biron ishni eplolmaydi.
Ilm ham, tanbal va ishyoqmaslarga nasib etavermaydi, bu ham siz-u bizni o'ylantiradigan dolzarb masaladir. Qachonki ana shu masalalar isloh qilinib, davlat tomonidan alohida tartibga solinsagina rivojlanish va taraqqiyotimiz olg'a siljiydi. Buni Yaponiya misolida ko'rishimiz mumkin. XX-asr boshlarida yaponiya ulkan iqtisodiy inqirozga duch kelgandi. Yapon hukumati mamlakat iqtisodini yuksaltirish uchun ta'lim sohasiga katta e'tibor bilan qaradi. Chunki Yaponiyaning kelajagi yoshlar qo'lida ekanligi uchun ham kelgusi avlodni mukammal ilmli qilib tarbiyalashni hukumat o'z oldiga vazifa qilib qo'ydi. Hozirgi kunda Yaponiyadagi oliy dargohlarda imtihon kuni abiturentlar nazdida"yo hayot yo mamot" masalasi boshlanadi. qani endi, ulardan o'rnak olsak, shular kabi ulkan texnikaviy va iqtisodiy imkoniyatga ega bo'lsak ajab emas.

Tohir Malikning "odamiylik mulki" kitobidan


Har kim-ki ilm olishni qasd qilar ekan, avvalo ilm olish odoblarini, ilm olish qoida va tartiblarini bilish zarurdir. Agar ilm olib unga amal qilmasdan hayotga tadbiq qilmay yursak , bu bilan biz faqat vaqtimizni yuqotgan bo'lamiz.

Insoniyat qadimdan ilmni qadrlab kelgan, faqat ba'zi johil va nodonlargina olimlar va ahli ilmlarga hasad qilib ularga dushmanlik qilishgan. Alloh bundaylardan asrasin. ILM QADRINI FAQAT ILMLI BILADI deb bejiz aytmaydilar.

Agar ilm oluvchi Alloh uchun xolis bo'lsa ajr-savobga ega bo'ladi va sa'yu xarakatiga baraka beriladi. Oqibatda Alloh olimlar va ularning yo'lidan yurganlar uchun bergan sharafga loyiq bo'ladi. Aksincha, u ixlosni yo'qotsa, amaliga riyo aralashsa, ilm olishdan maqsadi maqtanish yoki soxta obro' topish yohud martaba va rahbarlikni qo'lga kiritish bo'lsa, bunday ilm qiyomat kuni o'z sohibiga qarshi hujjat bo'ladi va Allohning huzurida na ajr va na nasibaga erishadi. Alloh taolo aytadi: Kim o'z amali bilan oxirat ekinini (ya'ni savobini) istar ekan, Biz unga ekinlarning hosilini mo'l-ziyoda qilurmiz. Kim dunyo ekinini istar ekan, Biz unga o'shanday dunyo matolaridan berurmiz va uning uchun oxiratda biron nasiba bo'lmas. (Sho'ro: 20). Muqaddas kitobimiz Quroni karimda ham ilm olishga targ'ib etilgan, qarang ! Alloh taolo bizga ilm olishni farz qildi. Demak bu ham ibodatdir, hatto ibodatdan ham afzaldir. Keling endi ilmga doir har turli manbalardan olingan hikmatlar va tavsiyalarni keltirib o'tsak.

Qur'oni karimda ilm haqida gi ba'zi oyatlar:


SENI YARATGAN PARVARDIGORING NOMI BILAN O'QI A'laq(1-oyat)

O'QI ! VA ROBBING ENG KARAMLIDIR . U QALAM BILAN ILM O'RGATDI U INSONGA U BILMAGAN NARSALARNI O'RGATDI A'laq(3/4/5)


BILADIGAN ZOTLAR BILAN BILMAYDIGAN KIMSALAR BAROBARMI ?! Zumar-9


"Ayting, (Ey Muhammad sallallohu alayhi vasallam): "Robbim,ilmimni ziyoda qilgin" Toho-114


Ushbu masalalarni biz odamlar (ibrat olsinlar) uchun ayturmiz. (Lekin) ularni faqat ilm egalarigina anglay olurlar. Ankabut-43


Hadis kitoblarida ilm olishga buyuradigan va targ'ib etadigan, ulamolarning martaba va sharaflarini ulug'laydigan hamda ular sifatlanishi lozim bo'lgan hulqu -odoblar haqida ko'plab hadislar kelgan. Sahihi Buxoriyning o'zida ilm, uni talab qilish va unga targ'ib qilish haqida yuzdan ortiq hadis kelgan. hattoki Imom Buxoriy o'z kitobida Imon kitobi dan keyin alohida ilm kitobini keltirganlar. Boshqa hadis kitoblarida ham Nabiy sollollohu alayhi vasallamning hadislari, sahoba va tobeinlarning ilm haqidagi so'zlari ko'plab keltirilgan. Bularning barchasi ulamolar egallagan buyuk martabalarga, Alloh taolo talabaga berajak yuksak maqomlara ishora kiladi. Ijozatingiz bilan quyida bu xususdagi ayrim hadislarni keltirib o'tamiz.

Muoviya raziyallohu anhu aytadilar: Men Rosululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlarini eshitdim: Alloh bir kishiga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih (bilimdon) qilib qo'yadi. (Buxoriy: 1-25)


BESHIKDAN TO QABRGACHA ILM IZLANG


XITOYDAN BO'LSAYAM ILMNI O'RGANING, ILM OLISH HAR BIR MO'MIN VA MO'MINA UCHUN FARZDIR


OLIMNING BIR KUNLIK IBODATI OBIDNING QIRQ YILLIK IBODATIGA TENG


YOSHLIKDAGI O'RGANILGAN ILM, TOSHGA CHIZILGAN NAQSH KABIDIR


ILMNING AVVALI SUKUT, SO'NG ESHITISH, SO'NG YOD OLISH, SO'NG AMAL QILISH, SO'NG UNI TARQATISHDIR


ILMGA RAG'BATI BO'LMAGAN INSONGA ILM O'RGATISHLIK ILMNI ZOE KETGIZISHDIR




BILMAGANNI SO'RAB O'RGANGAN OLIM, ORLANIB (UYALIB) SO'RAMAGAN O'ZIGA ZOLIM
A.Navoiy
ILMGA AMAL QILMAGAN - YERNI HAYDAB UNGA URUG' SEPMAGAN YOKI HOSILDAN BAHRA OLMAGANGA O'XSHYDI.
A.Navoiy
SO'ZCHI HOLIN BOQMA, BOQ SO'Z HOLINI. KO'RMA KIM DER ANI, KO'RGILKIM NE DER.
A. Navoiy

Bu gapda chuqur ma'no yotadi. Aytilyapdiki, senga birov biror narsa o'rgatayotganda yoki tushuntirayotganda uning holatiga, ko'rinishiga, yizining ko'rkam yoki xunukligiga e'tibor qilma. Balki uning so'zining ma'nosiga boq, so'zning ma'nosini tushun. Yana aytilmoqdaki, senga gapirayotgan odamning kimligiga qarama ya'ni u odamning lavozimi, yoshi katta kichikligi, obro'siga qarab baho berma, Balki uning nima deb aytayotganiga va gapining foydali va kerakli joyini o'zingga ol.
EY INSON ! SEN BILISH UCHUN O'RGAN, BILINISH UCHUN EMAS
OLIM BO'LISH OSON, HAQIQIY ODAM BO'LISH QIYIN
Inson miyasi xuddi oshqozonga o'xshaydi, Agar oshqozonni ko'p taom bilan to'ldirsak ammo uni hazm qilmasak bu jarayon oshqozonni kasallikka olib keladi, inson miyasini ham turli axborot va ilmlar bilan to'ldirsakda ammo uni hazm qilmasak ya'ni amal qilib hayotga tadbiq qilmasak, bu hol inson uchun ofatdir, insonning miyasini ma'naviy kasallantirib qo'yadi.
ILM TOMCHILAB YIG'ILADI UNI UNUTISHLIK KATTA OFATDIR.


Bir donishmanddan so'rabdilar:
Qanday qilib limning eng yuqori cho'qqisiga chiqdingiz ? Donishmand dedi:
Bilmagan, narsamni olimdan ham, oddiy kishidan nam, kattadanham , kichikdan ham so'radim. Bu to'g'rida uyalmadim, nomus qilmadim, o'zimni yuqori tutib takabburlik qilmadim.

Shu o'rinda aytish joizki, Barcha insonlar ilm-fan bilan birdek shug'ullanavermaydi. Boshqa kasblar bilan kim shug'ullanadi ?!, kim dehqonchilik qiladi !?, kim chorvachilik qiladi, kim savdogarlik qiladi !?, og'ir ishlarni kim qiladi. Ayniqsa, hozirgi kunda turli yangi sohalar, kasb korlar , yangi tarmoq va yo'nalishlar paydo bo'lmoqda. Dunyo rivojlangan sayin yangi sohalar vujudga kelmoqda. Har bir kasb egasi faqatgina o'z kasbiga doir ilmni o'rganishi joiz. Dinimizdagi namoz, ro'za, haj, Qur'on hadis va boshqa ilmlarni nazarda tutayotganimiz yo'q. Albatta diniy ilmlar har bir mululmon uchun farzdir. Dunyo ilmiga kelganda, fan texnika haqidagi ilmlarni o'rganishda har kimda turlicha qobiliyat va qiziqish bor. Chunki Alloh taolo har kimga turli darajada ilm ato etgan, turli xil aql-zakovat bergan. Bunga sabab boshqa kasbu korlar ham, boshqa hunarlarning ham bajarilishi va hayotning muntazam davom etishi uchundir. Suning uchun birovni ilmsizlikda ayblash, yoki ota onalarning farzandini ilm olishga majburlashi noto'g'ri, Alloh taolo bu dunyoni o'z holiga tashlab qo'ygani yo'q. Ba'zi sohalarda bilimning unchalik keragi yo'q. Hayot davom etishi uchun boshqa kasbu korlar uchun ham ishchi yoki mutaxasis kerak . Shu sababli bo'lsa kerak Alloh taolo har bir insonga yoshligidan uning kelajak hayotidagi ishlariga bilim va qiziqish berib qo'ygan (Vallohu A'lam).
Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezataylik


O'zbekiston bo'yicha eng mashhur islomiy saytga marhamat... Shayx Muhammad Sodiqning fatvolari va savol javoblar, islom va olam, islom olamidagi yangiliklar va maqolalar
Islomiy forum(konferensiya)ga marhamat !!! turli mavzular bo'yicha suhbatda bo'ling, fikr almashing va yangi do'stlar orttiring.
Bu sayt turli sohada, xususan, ixtirolar va kashfiyotlar, siyosat, ijtimoiy va aniq fanlar hamda turli kitoblarning elektron versiyalari joylashgan sayt

Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezaylik !

Vosidiy Muslim tomonidan tayyorlandi. *** iqtibos olganda sayt manzili (kashfiyotlar.narod.ru) ko'rsatilishi shart.
Qo'shimcha taklif va mulohazalar yuborishingiz mumkin.. e-mail: leonardo73@rambler.ru
This template was provided free by www.free-templates.org

hisoblagich
Saytga kirganlar soni
Hosted by uCoz