Kashfiyotlar, ixtirolar va ilm-fan yutuqlari
Kashfiyotlar va ixtirolar, fan texnika yangiliklari, fizik va ximik olimlar, qurilamlarning ishlashi, turli dvigatellar haqida, fizik hodisalar, Flash dasturida tayyorlangan o'yinlar, fizik hodisalar virtual labaratoriyasi, Flash test o'yinlari, jahon ilmiy tadqiqot markazlari, eng qiziqarli masalalar, Matematika, fizika, astronomiya, geometriya, ilm-fan haqida hikmatlar, hadislar, oyatlar va boshqa ko'plab malumotlar hamda maqolalar
- asosiy sahifa - - sayt haqida - - biz bilan bog'lanish -

ilm-fan rivojiga hissa qo'shgan kashfiyotchi olimlar va ixtirochilar hayoti.

Bu sayt endi AQL.uz saytiga ko'chdi...
Maqolalar davomi www.aql.uz saytida

Galileo Galiley

Galileo Galiley (1564- 1642) Italiyaning Piza shahrida tavallud topdi. U dastlab meditsina (tibbiyot) ilmini o�rgandi va universitetda dars bera boshladi. Galiley faqat tibbiyot bilan cheklanib qolmay, u boshqa fanlarga ham katta qiziqish bilan qarar edi. O�z davrida yechimini topilmayotgan texnikaviy muammolarni hal etishga urinardi. Uning fizika va astronomiya fanlariga qo�shgan hissasi kattadir. Galiley jismlarning tushishi va mayatnikning tebranish qonunini kashf etdi, inertsiya hodisasini birinchi bo'lib ko'rsatdi. Temperaturani o'lchash uchun termoskop ixtiro qildi.
Galileo Galiley borliqni anglashning yangicha usuliga asos soldi. u narsalarning sir -asrorini anglab yetish uchun ularni sinab ko'ra boshladi va sinchiklab ko'rishni odat qildi. Boshqacha aytganda, Galiley tajribalar o'tkazish yo'li bilan tabiatdagi hodisalarni o'rgandi. Galiley jismlarning erkin tushishini qanday ro'y berishini o'rganish uchun "piza" minorasining eng yuqorisiga chiqib turli vazndagi jismlarni yerga tashlardi, ularning tushish vaqtlarini hisoblardi. U yana vaakum idishlardayam har xil jismlarning, masalan qush pati va temir sharchani tushishini kuzatdi. Bu kuzatishlardan u shunday xulosaga keldi-ki, agar yerdagi havoning qarshiligi bo'lmasa har qanday og'irlikdagi jism yer yuziga bir xil tezlikda tushadi.
Galiley astronomiyaga ham katta qiziqish bilan qarar edi. Gollandiyada teleskop yaratilganligi haqida eshitgan Galiley 1592-yil o�zining birinchi teleskopini yasadi, bu teleskop jismlarni 30 marta kattalashtirish quvvatiga ega edi. Teleskop yordamida oy va sayyoralar harakatini kuzatdi. Yupiter yo'ldoshlarini, Quyosh dog'larini va Venera fazalarini kashf qildi. U Kopernik fikrlarini ya�ni Yer shari quyosh atrofida aylanishi haqidagi qarashlarni qo�llab quvvatladi. Bu fikar rim-katolik cherkovining g�oyalariga zid kelar edi, chunki ular,barcha sayyoralar yer atrofida aylanadi degan fikrda edi. Shu sababdan Galileyni o�zlariga qarshi gapirganda ayblashdi.


Iogann Kepler

Iogann Kepler (1571 -1630) Germaniyada tug�ildi. U Avstriyaning Grates shahrida matematikani o�rgandi va keyinchalik Praga shahriga kelgan. Kepler uzoq yillar davomida sayyoralarning orbitalarini va ularning harakatini chuqur o�rgandi va ularni hisoblab chiqdi. Kepler shuni aniqladi-ki haqiqatdan sayyoralar quyosh atrofida aylanadi, lekin aylana orbita bo�ylab emas,balki, elliptik orbita bo�ylab aylanadi. Shu bilan birga Keplar yana bir qonunni ochib berdi: bu esa, sayyoralarning harakat tezligi quyoshga yaqin va uzoqligiga bog�liq deb ta�riflanadi. U yana, sayyoralarning harakatiga ko�pincha Quyosh ta�sir etishini aniqladi.
Kepler o�zining teoriyalarini kitoblarda nashr eta boshladi, uning �yangi astronomiya�(1609) �kopernik astronomiyasining qisqacha ko�rinishi� (1621) va boshqa kitoblari chiqdi. Isaak Nyuton ham Kepler qonunlaridan foydalanib butun olam tortishish qonunini ochib berdi.


Benjamin Franklin

Benjamin Franklin (1706-1790) elektr zaryadlar ustida tadqiqot qiluvchi olimlardan biri edi. U AQSH da sham tayyorlovchilar oilasida tug�ildi. Ular oilasida 17 ta o�g�il edi. Franklin o�zining uzoq muddatli hayotida juda ko�plab kasblarni egalladi- noshir, (kitob bosmalovchi) , fizik va siyosat arbobi edi.Franklin 40 yoshligida elektr zaryadlarni o�rganishga qiziqdi. 1752- yil Franklin chaqmoq (yashin) haqiqatan kuchli elektr razryad ekanligini isbotladi. Buni isbotlash uchun u, bulut qoplab momaqaldiroq bo�layotgan paytda osmonga varrak uchirdi, varrakga kichik metal plastina yopishtirib uni sim orqali zaryad tekshiruvchi asbobga uladi. Qachonki chaqmoq varrakdagi plastinani ursa, bu zaryad sim orqali yerdagi asbobga o�tadi va uchqun hosil bo�ladi. Bunday usuldagi tekshiruv, albatta juda xavfli edi. Shu sababli kunlardan bir kun xuddi shunday tajriba o�tkazayotgan vaqtda kuchli chaqmoq Franklinni halok qildi.
Franklin shuni isbotladiki, Qora bulut o�zida zaryad to�plab yuradi va chaqmoq esa kuchli elektr quvvatdan hosil bo�lgan uchqundir. Shunga ko�ra Franklin dastlab, bino va uylarni chaqmoqdan asrash uchun chaqmoq tokini yerga o�tkazib yuborish usulini o�ylab topdi.


saytdagi barcha olimlar haqida o'qish
keyingi sahifadagi olimlar =>
ilm fan rivojiga hissa qo'shgan olimlar hayoti
kashfiyotchilar va ixtirochi olimlar.

Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezaylik !

Vosidiy Muslim tomonidan tayyorlandi. *** iqtibos olganda sayt manzili (http://kashfiyotlar.narod.ru) ko'rsatilishi shart.
Qo'shimcha taklif va mulohazalar yuborishingiz mumkin.. e-mail: leonardo73@rambler.ru
This template was provided free by www.free-templates.org

Hosted by uCoz