Kashfiyotlar, ixtirolar va ilm-fan yutuqlari
Kashfiyotlar va ixtirolar, fan texnika yangiliklari, fizik va ximik olimlar, qurilamlarning ishlashi, turli dvigatellar haqida, fizik hodisalar, Tajribalar, fizik hodisalar virtual labaratoriyasi, Flash test o'yinlari, jahon ilmiy tadqiqot markazlari, tabiat sirlari, kashfiyotlar tarixi, qiziqarli masalalar, Matematika, fizika, astronomiya, geometriya, ilm-fan haqida hikmatlar va boshqa ko'plab malumotlar hamda maqolalar
- asosiy sahifa - - sayt haqida - - biz bilan bog'lanish -

Flash animatsiyalarda virtual labaratoriya

Kuzatishlar va tajribalar, kichik ixtirolar.

Uzoqdagi jismgacha bo'lgan masofani va jism kattaligini aniqlaydigan asbob yasaymiz

Faraz qiling, siz uzoqlarga tomosha qilib o'tiribsiz, shu payt sizdan uzoq masofada avtomobil kelib to'xtadi. Siz esa avtomobilning o'zingizdan qancha uzoqda turganini bilishga qiziqyapsiz, o'rningizdan qimirlamay bu masofani qanday aniqlagan bo'lardingiz? , Yoki, uzoqdagi biror inshootgacha bo'lgan masofani inshootgacha bormay taxminan aniqlay olasizmi, inshootning kengligi va balandligini-chi ?, Buning iloji bor, bunday qurilmani yasashga biz sizga ko'makchi bo'lamiz, muhimi sizda ixtiro qilish qobiliyati yoki qiziqish va istak bo'lsin shundagini har narsaga erisha olasiz. O'zingizni hech qachon majburlamang, bu mening maslahatim, xolos.
Qurilmani yasash uchun bitta- shaffof bo'lgan (oynaga o'xshsh plastmassadan tayyorlangan) 30 sm.lik chizg'ich, ikkinchi chizg'ich har qanday materialdan tayyorlangan 30 sm. uzunlikda bo'lishi kerak.
quyidagi rasmga qarang

Ular uzun 30sm bo'lgan (uzun) chizg'ichni ikkinchisiga perpandikulyar qilib mahkamlaymiz. Mahkamlash uchun qattiq ushlaydigan kleydan foydalanamiz, masalan: "super glue" yoki "Moment"
quyidagi rasmdegidek qilamiz:

Qurilmamiz tayyor bo'ldi, Uni ishlatish bunday: 30 sm uzunlikdagi chizg'ichning uchini ko'zimiz tagiga tekkizib yuzimizga nisbatan perpandikulyar ushlaymiz. (quyidagi rasmga qarang)
Eng muhim narsa formulani unutmaslik. Ya'ni biz matematik formula yordamida masofalarni aniqlaymiz,
Formula quyidagicha:

Misol uchun, qo'limizga qurilmai olib uzoq masofadagi binoni ko'rdik, qurilmani yuqoridagi rasmga ko'rsatilgandek, ko'z tagiga tekkizib ushlaymiz va asosiy (20 sm.lik shaffof)chizg'ich orqali binoni kuzatamiz. Bizga binoning taxminiy kengligi ma'lum, bino kengligini 5 metr deb hisoblasak. , formulada bu kenglikni a bilan belgilaymiz , demak: a=5 metr,
Endi, binoni lineykadagi uzunligini ko'ramiz, binoni ikkala chetki qismini asosiy (shaffof) lineykani o'rtasiga moslab ko'ramiz , lineykadagi uzunlik 6 sm ga teng deb hisoblymiz. Demak: L=6 sm.
Bizga kerakli masofa bu Binogacha bo'lgan uzunlik S ni esa formulaga qo'yib hisoblaymiz:
(30/6)*5= 25 metr ekan, Demak binogacha bo'lgan masofa 25 metrga teng ekan. Buni quyidagi rasmda tushunish mumkin:

Qurilmani yasab oling va bemalol har qanday masofani joyingizdan turib o'lchang, Agar tushunmagan savollaringiz bo'lsa sayt muallifiga murojaat qiling.


Sahifadagi barcha qiziqarli malumotlarni o'qish
keyingi sahifadagi tajribalar =>
Kashfiyotlar va ixtirolar haqida o'rganing
Siz bilgan va bilmagan eng qiziqarli ma'lumotlar.
REKLAMA uchun joy bepul

Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezaylik !

Vosidiy Muslim tomonidan tayyorlandi. *** iqtibos olganda sayt manzili (http://kashfiyotlar.narod.ru) ko'rsatilishi shart.
Qo'shimcha taklif va mulohazalar yuborishingiz mumkin.. e-mail: leonardo73@rambler.ru
This template was provided free by www.free-templates.org

Hosted by uCoz