Kashfiyotlar, ixtirolar va ilm-fan yutuqlari
Kashfiyotlar va ixtirolar, fan texnika yangiliklari, fizik va ximik olimlar, qurilamlarning ishlashi, fizik hodisalar, Tajribalar, fizik hodisalar virtual labaratoriyasi, jahon ilmiy tadqiqot markazlari, kashfiyotlar tarixi, qiziqarli masalalar, Koinot, teleskoplar haqida, teleskop yasash usullari, teleskop tuzilishi
- asosiy sahifa - - sayt haqida - - biz bilan bog'lanish -

Flash animatsiyalarda virtual labaratoriya

Kuzatishlar va tajribalar, kichik ixtirolar.
Teleskop qanday ishlaydi

Teleskop qanday ishlaydi ?,... Havaskorlar teleskopi yasash.

Oydagi tog'lar, sayyoralar va boshqa kosmik jismlar haqida eshitgansiz, ammo ularni ko'z bilan ko'rishga nima yetsin. Bu borada biz sizga yordam beramiz.
Teleskop -shunday qajoyib qurilma-ki, u sizga uzoqdagi ob'ektni yaqinroq qilib ko'rish imkonini beradi. Masalan 10 km uzoqlikda turgan kitobdagi harflarni o'qishingiz mumkin. Yoki olisdagi juda mayda buyumlarni ko'ra olasiz...
 Keling, yaxshisi, uni yasashdan avval, teleskopning qanday ishlashini o'rganamiz.
*** *** ***
Birinchi teleskop Galileo galiley tomonidan yasalgan edi. O'shanda uning teleskopi ikkita linzadan iborat edi. Shunga qaramay u o'z teleskopi orqali ko'plab sayyoralarni va hatto oydagi dog'larni kuzatgan. biz ham ana shunday teleskop haqida gapiramiz. Aslida teleskopning turlari juda ko'p. Ammo keng tarqalgan turi 2 ta:

  • Reflektorli teleskop- qaysiki ko'zgu (oyna) va linza ishlatiladi
  • Refraktorli teleskop -qaysiki ikkita linza (biri katta ikkinchisiga nisbatan)ishlatiladi...

    har ikkala turi ham aynan bitta vazifani bajaradi, ammo boshqa -boshqa usullarda.
       Teleskopning qanday ishlashini tushunish uchun, Keling mana bu savolga javob bersak: Nima uchun siz uzoqdagi obektni ko'ra olmaysiz ?, Nima uchun siz qog'ozdagi yozuvni 100 metr uzoqlikdam ko'rolmaysiz ?
    Bu savollarga javob oddiy. Siz oddiy ko'z bilan ko'rayotgan narsangiz ko'zingizning to'r pardasida kichik maydonni egallaydi. Ya'ni ko'zning to' pardasida akslanuvchi tasvir hajmi kichik bo'ladi. Yanada tushunarliroq bo'lishi uchun boshqacha qiyos qilamiz, Agar k'zingizni raqamli (öèôðîâîé)kameraga qiyoslasak, 100 metr uzoqlikdagi yozuvga qarasangiz, yozuvni o'qishingiz uchun yozuv sizning ko'zingiz to'r pardasini yetarlicha pixel (katakcha)lar bilan qoplayolmaydi.
          Agar sizda "ulkan ko'z" bo'lganda edi, siz obektdan ko'proq yorug'likni to'play olib tiniq tasvirni hosil qilgan bo'lardingiz va shundan so'ng siz tasvirni kattalashtirilgan qismlarini ko'ra olardingiz. Shunda u ko'zingizning to'r pardasida ko'p pixel (katakcha yoki nuqta)lar bo'ylab keng yoyilardi.
    Teleskop ikita qismi ham aynan shu vazifani amalga oshiradi.

    • Obektiv linzasi (refraktorlarda) yoki ko'zgu (reflektorlarda) uzoqdagi obektdan ko'proq yorug'lik yig'adi va o'sha yorug'lik yoki tasvirni nuqta yoki fokusga keltiradi.
    • Okulyar linzasi esa obektiv linzasi yoki ko'zgu ning fokusidan tiniq va aniq yorug'lik tasvirini  oladi va ko'zning to'r pardasiga tasvirni kattalashtirib ko'rsatadi. Bu xuddi, kattalashtiruvchi linza (lupa)ning ishlash prinsipi bila bir xil.
      Lupa ham qog'ozdagi tasvirni olib, uni ko'zning to'r pardasi bo'ylab yoyadi (kengaytiradi)

    Agar siz eng oddiy teleskopga ega bo'lmoqchi bo'lsangiz. Obektiv linza va okulyar linzasini oling va ularni bir biridan kerakli masofada joylang, xolos. Eslatib o'tamiz:
     * Obektiv linzasi - teleskopning old qismida turuvchi kattaroq linzadir, uning vazifasi uzoqdagi jism yoki obektdagi yorug'likni to'plash...
     * Okulyar linzasi - teleskopning orqa tomonidagi ya'ni ko'zingiz oldida turadigan linza. Uning vazifasi to'plangan yorug'lik tasvirini kattalashtirib ko'rsatish...

    quyidagi rasmga qarang:

    Linzalar qanday bo'lishi kerak ?

    Siz teleskop yasamoqchi bo'lsangiz, linzalarni to'g'ri tanlash eng muhim vazifa hisoblanishini unutmang. Siz bor-yo'g'i 2 xil linza ishlatasiz.
    Linzalarni topish qiyin emas, ularni Ko'zoynak sotadigan "Optika" do'konlaridan olishingiz mumkin. yoki, Boshqa qurilmalarning (durbin, mikroskop, lupal va hkz..) linzasidan foydalanishingzi mumkin, agarda talabga javob bersa !,
     Agar siz Toshkent shahrida bo'lsangiz, "Yangiobod" bozoridan istalgan turdagi linzani topa olasiz, u yerda yana teleskoplardan tortib mikroskop, durbinlar ham sotiladi...

    UNUTMANG, Linzalar (kattlashtirish) kuchi bilan yoki manfiy( minus ) va musbat ( plyus) bo'lishi bilan farqlanadi. Manfiy (minus) linza kichiklashtirib ko'rsatadi. Musbat (plyus) linzalar esa kattalashtirib ko'rsatadi.
    Linzalar o'zining kuchiga qarab turlicha kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi.. Linzaning kuchi DIOPTRIYAda o'lchanadi, Optikada qisqacha "Dptr." yoziladi. bu linza kuchini ko'rsatadi.
    Linzaning kuchi ya'ni Dioptriya linzaning fokus masofasiga qarab aniqlanadi,
    Fokus masofa bu linzadan o'tgan yorug'likning to'planadigan nuqtasi, ya'ni linza yorug'likni bir nuqtada jamlaydi. Shu nuqta linzaning o'zidan qancha masofada bo'lishi , uni fokus masofasidir...
    Fokus masofasi 1metr bo'lgan linzaning kuchi 1 Dptr. deb qabul qilingan , Fokis masofa qanchalik qisqarsa linza kuchi shuncha marta ortadi. masalan
    0.5 metr (50sm) fokus masofali linzaning kuchi 2 Dptr bo'ladi...

    Linzaning fokus masofasiga qarab uning kuchi quyidagi formuladan aniqlanadi:

    Agar siz ko'zoynak xarid qilsangiz ko'zoynak linzasining qanday bo'lishini Dioptriya da plyus yoki minus deb aytasiz, masalan +1 dioptriya (Dptr.), yoki  --2 (minus ikki dioptriya) bo'lishi mumkin .

     Linzalarni tanlash

    1-linza Obektiv linzasidir.
    Bu linzaning kuchi kamroq bo'lishi kerak ya'ni fokus masofasi uzun bo'lishi kerak. Teleskop uchun  +2  dioptriya bo'lgan linzani tanlaymiz.

    2-linza Okulyar linzasi.
    Bu linza kuchliroq bo'lishi kerak ya'ni Dioptrik kuchi yuqori bo'ladi. Bizning teleskop uchun +30dptr dan kam bo'lmasligi kerak, Agar bunday linza topolmasangiz, 2 ta  +15 Dptr bolgan linzani birlashtirsangiz ham +30 lik bilan bir xil bo'ladi, yoki 3 ta +10 linzani birlashtirish ham mumkin.

    Yasash ishlari

    Ikkita Karton qog'oz olib truba shakliga keltirasiz... birini boshqasini ichiga kiritasiz. Shunda siz ikki linzani orasidagi masifani o'zgartira olasiz.

    Kartondan yasalgan trubaning old tarafiga 5- 7 sm diametrdagi 2 dptr bo'lgan linzani joylaysiz. Orqa tomoni ya'ni ko'z bilan ko'radigan tomoniga 0,5 -2 sm diametrdagi +30 dptr linza joylashtiramiz.
    Kartonni jo'zib yoki qisqartirib (kartonning biri ikkinchisining orasiga kiritilgani uchun qisqartirish yoki jo'zish mumkin.) ikki linzaning orasini taxminan 53 sm ga keltiramiz. Bunday holatda  faqat uzoqdagi (2 km dan ortiq )obektlarni ko'rish mumkin. Agar yaqinroqdagi obektga qaramoqchi bo'lsangiz trubani cho'zib linzalar orasidagi masofani uzaytirasiz.

    Teleskopimiz necha marta kattalashtiradi ?
    teleskopning kattalashtirishi qanchaga teng ekanligini bilish oson.
    obektiv linzamiz, qaysiki 2 Dptr bo'lgan linzamizning fokus masofasini aniqlaymiz:
    yuqoridagi formulaga ko'ra  1m/2dptr= 0,5 metr yoki 50sm ekan
    Okulyar linzaniki esa 1m/30 dptr=0,033 metr yoki 3,3 sm ekan
    Kattalashtirish kuchini topish uchun Obektiv linza fokusini okulyar fokusiga bo'lamiz:
    50/3,3 = 15 Demak bizning teleskop 15 marta kattalashtira olar ekan. Buni yanada ko'paytirish uchun sizga maslahatim: okulyar linzasini 30 dan ortiqroq Dioptriyasini tanlang . Mikroskop linzasidan ham foydalanish mumkin.


    Agar sizda tushunmagan savol tug'ilsa bemalol quyidagi joyga
    savolingizni yozib yuboring:

      


    Sahifadagi barcha qiziqarli malumotlarni o'qish
    keyingi sahifadagi tajribalar =>
  • Kashfiyotlar va ixtirolar haqida o'rganing
    Siz bilgan va bilmagan eng qiziqarli ma'lumotlar.
    REKLAMA uchun joy bepul

    Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezaylik !

    Vosidiy Muslim tomonidan tayyorlandi. *** iqtibos olganda sayt manzili (http://kashfiyotlar.narod.ru) ko'rsatilishi shart.
    Qo'shimcha taklif va mulohazalar yuborishingiz mumkin.. e-mail: leonardo73@rambler.ru
    This template was provided free by www.free-templates.org copyright 2009

    Hosted by uCoz