Kashfiyotlar, ixtirolar va ilm-fan yutuqlari
Kashfiyotlar va ixtirolar, fan texnika yangiliklari, fizik va ximik olimlar, qurilamlarning ishlashi, turli dvigatellar haqida, fizik hodisalar, Tajribalar, fizik hodisalar virtual labaratoriyasi, Flash test o'yinlari, jahon ilmiy tadqiqot markazlari, tabiat sirlari, kashfiyotlar tarixi, qiziqarli masalalar, Matematika, fizika, astronomiya, geometriya, ilm-fan haqida hikmatlar va boshqa ko'plab malumotlar hamda maqolalar
- asosiy sahifa - - sayt haqida - - biz bilan bog'lanish -

Flash animatsiyalarda virtual labaratoriya

Kuzatishlar va tajribalar, kichik ixtirolar.

Kishidagi ixtirochilik qobiliyati, ayniqsa, tang ahvolga qolganda, og'ir tashvish ostida yanada kuchli namoyon bo'ladi. Bunday paytlarda muammoning kutilmagan yechimlari topiladi.
Hayotda ixtirochilar soni oddiy odamlarga nisbatan ozchilikni tashkil etadi. Biroq, yechimi kutilayotgan muammolar talaygina. Hatto ming yillardan beri ishlatib kelinayotgan oddiy gugurt, bolg'a, tugma, damol, qaychi kabi oddiy predmetlarni ham takomillashtirish mumkinligini davr ko'rsatyapti. Hozirda oddiy ko'pik ham juda ko'p joyda samarali ishlatiladi. Buni bilasizmi?
Misol uchun, bolg'ani olaylik. Uni qanday takomillashtirish mumkin? -deb o'ylarsiz. Albatta. Ultratovush vibrator bolg'aning vazifasini bemalol bajaradi. Yoki, deylik pnevmatiik bolg'a. Zarbalar soni va joyini "eslab" qoluvchi "xotiraga" ega nitinol materialdan yasalgan bolg'a ham o'ziga xos ixtiro namunasi. Kosmik bolg'a haqida-chi eshitganmisiz ? Vaznsizlik holatda oddiy bolg'a bilan zarba berilsa kosmonavt qarama- qarshi kuch tasirida orqaga itarailadi. Bunda qanday bolg'a ishlatiladi?.
Gugurtni takomillashtirib hozirgi zajigalka o'ylab topilgan, dastlabki zajigalkanlarni yondirishda buragichni burab ishqalanardi va uchqundan gaz yonardi. Bu ham takomillashib oddiy tugmani bosganda yonadigan qilindi. Zajigalkaga fonarni biriktirilgan turlari ham ishlab chiqarildi... , yana qaysi qurilmalarga yangiliklarni joriy qilish mumkin deb o'ylaysiz. Keling, bu mavzuni ixtirochilik sirlari haqidagi bilimlarni yozamiz.


Savol - ixtiro kaliti

Istalgan obektning umumiy xususiyatlarini hamma biladi. Biroq hamma ham ulardagi xususiyatlarni to'laligicha ko'rolmaydi. Shu sababli ixtirochi uchun har qanday predmet yoki hodisaga "Nega?", "Nima uchun?", "Qanday?" kabi savollar bilan qarash ulaning javobi ustida boshqotirishi muhim. Masalan, oddiy ruchkani olaylik. Unga qarab quyidagi bir qator savollarni tuzish mumkin.
"Ruchka qanday yozadi?",
"U qanday yasaladi?",
"Uni yasashda qaysi kasb egalari ishtirok etadi ?",
"ruchkani yasashda qanday asbob-uskunalardan foydalaniladi ?",
"Ishlab chiqarish texnologiyasi nimalardan iborat ?",
"Siyoh sifatida qanday qanday kimyoviy element ishlatiladi ?",
"Nega siyoh oqib ketmaydi ?",
"Uchidagi sharchaning funksiyasi nima?" ,
"Siyoh o'rniga boshqa suyuqlik ishlatilsa bo'lmaydimi?" ,
"Atmosfera bosimi bo'lmagan fazoda bundayruchkadan foydalanish mumkinmi ?",
"Fazoda yozadigan ruchka qanday bo'lishi kerak ?".
Mana 11 ta savol tuzildi. Endi javoblarni-chi ?, hammasiga javob bera olamizmi ?. E'tibor bergan bo'lsangiz oxirgi ikki savol ixtiro uchun mavzu bo'la oladi. Mashg'ulot teran fikrlashga yordam beradi. Yangi ixtirolar uchun mavzu topilishiga sabab bo'lish jihatda e'tiborga molik.

Atrofingizdagi predmetlar siz uchun galdagi mashqlar bo'lishi mumkin. Savollar qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi. Lekin javoblari ustida ham o'ylab ko'rishni unutmang.


Henri Ford qo'llagan usul sizga ham qulay emasmi ?

Ford avtomobili ixtirochisi Henri Ford har tong Nyu-Yorkning shimolidagi uyidan chiqib, janubga ishga borar ekan. Ketayotganida, ishigacha masofa uzoqligini o'ylamas, aksincha, o'ziga -o'zi "Nariroqda bil gulchi bor. Bugun qanaqa gullar sotilayotgan ekan?" -der, gulchidan o'tgach, bir necha chaqirimdagi gazeta do'konini o'ylar, undan ham o'tgach, turli narsalar sotiladigan boshqa bir do'konni mo'ljalga olar ekan. Shu asnoda bir necha yuz metrlik yo'lni chamalab o'tgani uchun juda uzoq masofani zerikmasdan, qiyinchiliksiz bosib o'tarkan.
Bu usulning foydasini anglagan Ford avtombil ishlab chiqarishni ham shu shaklda tezlatirish haqida o'ylagan. Natijada o'zi yurar tasma ustida mashinani yig'ishni kashf qilgan. Ya'ni kuchli motorlarga o'rnatilgan tasmalar ustiga qo'yilgan mashina o'tib turaverardi. Ishchilar esa o'zlari uchun tayinlangan vazifani joylarida bajarardi va kerakli qismni joylarida mahkamlayverardilar.
Konveyer usulida bajariladigan ishlar faqat qaysidir qismni mahkamlashga qaratilgan bo'lgan. Shu shaklda ish unumdorligi oshgan va Ford kompaniyasining mashina ishlab chiqarish sur'ati ko'tarilgan.


Ideal modda

Shunday moddani faraz qilingki, uning deyarli og'irligi bo'lmasin, issiq yoki sovuqni, ovozni o'tkazmasin, shu bilan birga mustahkam va har qanday tashqi ta'sirlarga chidamli, bunga qo'shimcha, yana arzon ham bo'lsin. Albatta, bunday hama talablarga javob beradigan bunday ideal modda tabiatda hali topilmagan. Biroq shunga yaqini bor. U bilanhar kuni ertalab yuvinganda duch kelamiz. Ha, bu oddiy ko'pik. Olimlar ko'pikning ajoyib xususiyatlaridan ilhom olib ko'pikbeton (penobeton), ko'pikmetall (penometall), ko'pikplastmassa (penoplast), porolon kabi materiallar ishlab chiqishgan. Bunday "ko'pirtirilgan" materiallar aslidagi mustahkamligini saqlab qolishi bilan birga ancha yengil, arzon hamda issiqlik va ovozni izolatsiyalash xususiyatiga ega.
Ko'pik yasash yasash muddatiga qarab bir necha turlarga bo'linadi. Qisqa muddatli ko'pik kir yuvishda, yong'in o'chirishda, shovqinni pasaytirishda ishlatiladi. O'rtacha muddatli (bir necha kun yoki oylik) ko'pikdan esa o'simliklarni sovuqdan, mayda narsalarni sochilib ketishdan saqlashda va albatta konditer mahsulotlarini (ayniqsa muzqaymoq va shakarli jo'xori qalamchalari) tayyorlashda foydalaniladi. Uzoq muddatli ko'pk, ko'pikbeton uy qurilishida, ko'pikmetall aviakosmik uchish apparatlarida qo'llaniladi.
Ko'pikplastmassa mahsulotni sinish, urilishdan saqlash uchun joylab saranjomlashda, issiqlikni muhofaza qilishda, porolon esa turli to'shak va mebellarda ishlatiladi. Xullas, ko'pikning qo'llanish sohasi juda keng va o'zi esa deyarli tekin. Uning yordamida material ham ancha tejaladi. Balki yechimini kutayotgan boshqa bir talay muammoni oddiy ko'pik yordamida hal etishni iloji bordir. Nima deysiz ? Ko'pikni yoki ko'pik effektini yana qayerlarda ishlatish mumkin ? Bir atrofingizdagi predmatlarga nazar solingchi qanday muammolar ko'pik yordamida hal bo'ladi ?


manba: "irmoq" jurnali

Bu borada yangi g'oyalar o'ylab topgan bo'lsangiz bizni ham xabardor qilishni unutmang. leonardo73@rambler.ru


Sahifadagi barcha qiziqarli malumotlarni o'qish
keyingi sahifadagi tajribalar =>
Kashfiyotlar va ixtirolar haqida o'rganing
Siz bilgan va bilmagan eng qiziqarli ma'lumotlar.
REKLAMA uchun joy bepul

Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezaylik !

Vosidiy Muslim tomonidan tayyorlandi. *** iqtibos olganda sayt manzili (http://kashfiyotlar.narod.ru) ko'rsatilishi shart.
Qo'shimcha taklif va mulohazalar yuborishingiz mumkin.. e-mail: leonardo73@rambler.ru
This template was provided free by www.free-templates.org copyright 2009

Hosted by uCoz