Kashfiyotlar, ixtirolar va ilm-fan yutuqlari
Kashfiyotlar va ixtirolar, fan texnika yangiliklari, fizik va ximik olimlar, qurilamlarning ishlashi, turli dvigatellar haqida, fizik hodisalar, Tajribalar, fizik hodisalar virtual labaratoriyasi, Flash test o'yinlari, jahon ilmiy tadqiqot markazlari, tabiat sirlari, kashfiyotlar tarixi, qiziqarli masalalar, Matematika, fizika, astronomiya, geometriya, ilm-fan haqida hikmatlar va boshqa ko'plab malumotlar hamda maqolalar
- asosiy sahifa - - sayt haqida - - biz bilan bog'lanish -

Flash animatsiyalarda virtual labaratoriya

Kuzatishlar va tajribalar, kichik ixtirolar.

Mikroto'lqinli pechka

Hozirda hammamizga yaxshi tanish bo'lgan mikroto'lqinli pechkaning ixtirochisi 120 dan ortiq kashfiyotlar muallifi Persi Spenserdir. 1945-yil, ya'ni ikkinchi jahon urushi tugashi arafasida, u radarlar sifatini oshirish ustida tajriba o'tkazardi. Tajribalar paytida Spenser o'zining stolidagi to'lqin chiqaruvchi maolama yonida turgan shokolad erib ketaotganini sezib qoladi va yuqori chastotali to'lqinlarning bunday "qobiliyatini" o'zi bilmagan holda kashf qildi.
Ko'plab sinovlardan keyin, u 400 kilogramm og'irlikdagi birinchi mikroto'lqinli pechni yasaydi. Dastlab bunday pechlardan ovqatni tezda pishirish zarur bo'lganyirik restoranlarda, samalyot va kemalarda foydalanilgan. Hozirda esa uning kichik namunalari butun dunyoga tarqalib ketdi.


Yopishqoq tasmali tugma

Qishki kiyimlarda, ayniqsabolalar kiyim va pyavzalida qo'llaniladigan yopishqoq tugmani (lipuchka) qachon va kim tomonidan ixtiro qilinganini bilasizmi ?

Bu ixtiro 1955-yil tabiatdan ilhom olib qilingan. Shveytsariyalik Jorj de Mistrel (George de Mistral) Alp tog'i qirlarida iti bilan sayohat qilishni yoqtirardi. Biroq, uni har safar itining qalin juniga yopishib qolgan chakamurg' barglarini sug'urib olish qiynar edi. Aynan mana shu mashaqqatli yumush uning yangi ixtirosiga sabab bo'ldi.
Mistrel zararli narsani foydali tomonga burdi. Avval chakamurg'ning tuzilishini va junga qanday yopishib olishini o'rgandi. Bir necha yildan keyin esa yopishqoq tasmali tugma uchun patent oldi. O'shandan beri yopishqoq tugma sanoatda keng qo'llanilmoqda


Teskari effekt usulida muammo hal bo'lsa...

Boshka ichidagi yog'ga suv aralashib qolsa nima qilish kerak?, Odatda moyni suvning bug'lanish haroratigacha qizdirib suv yo'qotiladi. Biroq aksincha usul ishlatsak-chi ? Ya'ni moyni suvning muzlash haroratigacha sovutsak. Keyin esa muzlagan suvning parchalarini olib tashlasak ? Tejamkorl;ik yaqqol ko'rinib turibdi. Chunki moyni xona haroratidan 120 C darajaga qizdirgandan ko'ra 0 C darajaga sovutish kam mahnat talab etadi. Bu yerda muammoni odatdagidan teskariga ag'darib ko'rish uslubi qo'llanilgan. Deylik, harakatlanayotgan ob'ektni harakatsiz holatga keltirish, yoki tik turgan narsani "oyog'ini osmondan" qilib qo'yish, yoritish o'rniga qorong'u qilib qo'yish ...

Eki maydonlarini zararkunanda hasharotlardan tozalash uchun turli zaharli kimyoviy moddalar sepiladi. Bundan ekologiyaga, odamlarga va boshqa o'simliklarga qisman zarar yetadi. Bir ixtirochi bu muammoni teskari effekt yordamida hal qilgan: hashsrotlar yashaydigan joylarga zahar sepmasdan, ularning o'zini "zaharli qopqoga"kelishni ta'minlagan. Olimlar sintez qilgan fermon moddasining hidiga barcha xildagi hashorotlar uzoqlardan ham uchib kelar ekan. Bu esa ularni tuzoqa tushirishni qulaylashtiradi. Balki shunga o'xshab yechimi topilmayotgan muammolar teskari effekt bilan osongina hal bo'lar ? Bir o'ylab ko'ringchi
! Think again !


Issiqlikda moddaning kengayishi

Ma'lumki, har qanday modda isiganda kengayadi. Ayniqsa metall ishlatiladigan joylarda buni hisobga olish kerak. Trolleybus yoki tramvay simlari ko'pincha yozda osilib qoladi. Sababi metall sim issiqlikda uzayadi. Ushbu fizik hodisani foydali tomonga ishlatsa bo'lmaydimi ? Albatta, bo'ladi. Suv bug'langanda hajmi 1700 marta ortishini inobatga olish natijasida bug' mashinalarni ixtiro qilingani tarixda ma'lum.

Ayrim elektrik asboblarda, masalan, dazmolda isitishni bir maromda boshqarish va qizib ketishni oldini olish uchun rele ishlatiladi. Bunday relelar kengayish koeffisenti katta bo'lgan bimetall kontaktlardan yasaladi. Qattiq qiziganda bimetall kontakt ko'proq egilib elektr zanjir uziladi. Soviganda esa dastlabki holatga qaytib zanjirni ulaydi.
Issiqlik effekti yordamida teplitsalar (issiqxonalar)dagi oynali shiftlarni havo isiganda avtomoatik ochiladigan qilish mumkin. Buning uchun oyna romiga o'rnatilgan maxsus tirgakni silindrik porshenga ulash kerak. Porshenga havo harorati 20-30 C bo'lganda kengayadigan gaz solinadi. Havo isiganda gaz qiziydi va porshenga kuchli bosim beradi. Natijada tirgak itarilib oynani ochadi. Soviganda esa gaz siqiladi va oyna o'z -o'zidan yopiladi.

Shahar havosini ifloslantirmaslik uchun zavod va fabrika mo'rilaridan chiqayotgan gazlarni yanada balandroqqa chiqarish uchun ixtirochilardan biri quyidagicha taklif bilan chiqqan. Mo'rining uchiga tepasi katta sharsimon balon shaklidagi burma pardaga (garmonga)o'xshab cho'ziluvchan shlank ulash kerak. Balonning tepa qismi teshib qo'yiladi. O'shanda mo'ridan chiqayotgan issiq gaz balonni shishiradi va balandroqqa ko'taradi. Iflos havo o'sha balandlikda balon tepasidagi teshikdan chiqib ketadi.
Xullas, issiqlikda kengayish hodisasini qo'llash sohasi bisyor. Siz ham bu borada iste'dodingizni sinab ko'rishingiz mumkin va kashfiyotingizni amalda ham qo'llasangiz nur ustiga a'lo nur.

manba: "irmoq" jurnali www.irmoq.uz

Bu borada yangi g'oyalar o'ylab topgan bo'lsangiz bizni ham xabardor qilishni unutmang. leonardo73@rambler.ru


Sahifadagi barcha qiziqarli malumotlarni o'qish
keyingi sahifadagi tajribalar =>
Kashfiyotlar va ixtirolar haqida o'rganing
Siz bilgan va bilmagan eng qiziqarli ma'lumotlar.
REKLAMA uchun joy bepul

Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezaylik !

Vosidiy Muslim tomonidan tayyorlandi. *** iqtibos olganda sayt manzili (http://kashfiyotlar.narod.ru) ko'rsatilishi shart.
Qo'shimcha taklif va mulohazalar yuborishingiz mumkin.. e-mail: leonardo73@rambler.ru
This template was provided free by www.free-templates.org

Hosted by uCoz