Kashfiyotlar, ixtirolar va ilm-fan yutuqlari
Kashfiyotlar va ixtirolar, fan texnika yangiliklari, fizik va ximik olimlar, qurilamlarning ishlashi, turli dvigatellar haqida, fizik hodisalar, Tajribalar, fizik hodisalar virtual labaratoriyasi, Flash test o'yinlari, jahon ilmiy tadqiqot markazlari, tabiat sirlari, kashfiyotlar tarixi, qiziqarli masalalar, Matematika, fizika, astronomiya, geometriya, ilm-fan haqida hikmatlar va boshqa ko'plab malumotlar hamda maqolalar
- asosiy sahifa - - sayt haqida - - biz bilan bog'lanish -

Flash animatsiyalarda virtual labaratoriya

Kuzatishlar va tajribalar, kichik ixtirolar.

Ixtiro -aql o'yini emas, balki hayotiy ehtiyoj. Atrofimizdagi predmetlarning bari ixtiro natijasi. Ilgari ular noma'lum edi. håch kim bilmagan narsani ma'lum qilish - ijodiy jarayon. Ijod bilan har qadamda duch kålamiz. Ilk ixtirolarda asosan “sinab ko'rish va xatolarni aniqlash” usuli ishlatilgan bo'lsa, hozirda bu ibtidoiy usul sanaladi. To'g'ri, ba'zida ilhom yoki ko'rilgan tush oqibatida ham olamshumul kashfiyotlar qilingan. Biroq ixtiroga ishorat qiluvchi ilhom va tushlar hammaga ham nasib etavårmaydi. Ularga erishish uchun ham izlanish, bosh qotirish kårak, albatta. Ijodiy jarayon samaradorligini oshirish uchun esa ixtiro masalalarini yåchish usullari bilan tanishibgina qolmay amalda qo'llab turish ham zarur


Buni unutmang !

Kichik mixlarni qoqishda qo'lga shikast yetmasligi uchun tutqich sifatida plastmass taroqdan foydalanish mumkin.

Bolt yoki vintni kaltalash uchun temir arrada kesishdan oldin unga gaykani oxirigacha burab kiriting. Chuni bolt kedilgandan keyin rezbasi zararlanadi va gaykani kirgizib bo'lmaydi. Oldindan burab qo'yilgan gayka esa chiqarishda rezbani to'g'irlab ketadi.


Vibratsiya

Ma'lumki vibratsiya, ya'ni tebranish mexanizmlarga salbiy ta'sir etuvchi omillar qatoriga kiritiladi. Uni yo'qotish yoki kamaytirish uchun turli konstruksiyalar ishlatiladi. Ammo vibratsiyani foydali tomonga ishlatish ham mumkinmi ? Albatta, texnikada tebranish hodisasiga asoslangan juda ko'plab ixtirolar mavjud. Masan, vibratsion bolg'a, vibratsion uqalash apparati. Yoki qurilish joylarida betonni maxsus vibratorlarda qanday zichlashtirilganini ko'pchilik ko'rgan bo'lsa kerak.

Mayda va sochiluvchan narsalarni bir yuzaga tekis yoyish uchun sirtni bir maromda tebratish eng oson ve unumli usul. Vibratsiya yordamida biror mahsulotni idishga joylashtirish oson kechadi. Masalan, ko'mir ortilgan vagon vibraplatformada tebratilsa, qo'shimcha ko'mir yuklash uchun umumiy joyning 15-20 foiz miqdoricha bo'sh joy ochiladi. Hayotimizdan yana bir misol, Majlis yoki biron yig'ilishda mobil telefoningiz ovozi bilan halaqit bermasligi uchun uni vibratsiya rejimiga qo'yasiz.
Bundan tashqari, turli rudalarni maydalashda ham vibratisyadan foydalaniladi. Chunki maydalash davomida muntazam tebratib turish ularni bir xil o'lchamda maydalanishini ta'minlaydi.

Xamirli pishiriqlarni, tortlarni pichoq bilan kesish ehtiyotkorlik talab etadi. Ammo vibratsion pichoq yordamida bunday ishlarni juda oson va kamchiliksiz bajarish mumkin.
Bir olim vibratsiyani xayolga kelmagan narsa uchun ishlatgan. U ekin urug'lariga ma'lum chastota va muayyan vaqt vibratsiya ta'sir ettirganida tez o'sishi va serhosil bo'lishini tajribalarda tasdiqlagan.
Sizningcha vibratsiyani yana qaysi o'rinlarda samarali qo'llash mumkin ?


DINAMIKA

O'z nomidan ma'lumki, Bu uslub obektning o'zi yoki ba'zi harakatsiz qismlarini harakatlantirish orqali muammoga yechim topish usulidir. Masalan, uyning ichki devorlari burma parda (garmoshka)ga o'xshab bukiladigan qilinsa, istagan vaqt surib kengxonalarga ega bo'lish imkoniyati tug'iladi. Yana bir misol, hali ham ba'zi o'rinlarda ishlatilib kelinayotgan qum soatlarni olaylik. U faqat ma'lum bir daqiqa uchun mo'ljallangan. Agar uning o'rtasidagi teshikni o'zgaruvchan qilsak-chi? ya'ni diafragma qo'ysak. Unda diafragma burgichini darajalab, qumsoatni har xil vaqtlarga moslashtirish mumkin bo'ladi.

Bir ixtirochi sovutgichning ichini shkafga o'xshatib bir necha qismlarga ajratgan holda har birining eshigini alohida tarzda yasashni taklif qilgan. O'shanda kerakli narsani olish uchun o'sha maxsulot joylangan eshikni ochish kifoya. Ortiqcha issiq havo sovutgich ichiga kirmaydi.

Bir ixtirochi ajoyib g'oyani taklif qilgan. Gavjum ko'chalarda avtomobil yo'li ta'mirlanganda, harakat to'xtashi yoki sekinlashishi turli xil noqulayliklar tug'diradi. ixtirochi bu muammoni hal etish uchun ulkan qavariq ko'prik yasashni taklif qilgan. Mashinalar ko'prik ustidan o'tib ketaveradilar. Ostida esa ishchilar ishlayveradi. Ish tugagach ko'prikka o'rnatilgan g'ildiraklar tushiriladi va ko'prik ehtiyoj tug'ilgan boshqa yerga jo'natiladi. Atrofimizda harakatsiz turgan predmetlarni harakatga keltirish orqali sizningcha, yana qanday masalalarni hal etish mumkin ?


Cho'tka effekti

Ko'pchilik cho'tkani odatda kiyim yoki poyafzal tozalash uchun ishlatiladi deb o'ylaydi. Holbuki uni juda ko'p joyda ishlatish mumkin. Masalan, qillarni qalin cho'tka- bo'yoqqa botirilib ustidan tayoqcha yurgizilsa, tayyor sachratma uskunasi bo'ladi. Ma'lumki, yozda nam havo o'simlik barglarining mayda tukchalarida to'planib, shudring hosil bo'ladi. Shunga ko'ra, bir ixtirochi mayda sun'iy tukchalardan iborat cho'tkadan transporterli tasma yasab, bir tomoniga uni ezadigan qilib valik o'rnatgan. Nimaga kerak dersiz ? Yozning jazirama cho'l sharoitida ishlaydiganlar uchun tayyor suv manbai. Yozuv stolidek keladiga yuzadan ikki stakan toza suv olish mumkin. Sahroda esa bir tomchi ham g'animat.
Bundan tashqari, Cho'tkali mexanizmlar zarbalarni, vibratisyalarni susaytiruvchi amartizator sifatida ham ishlatilishi mumkin. Hatto bir ixtirochi samalyotlar qo'nadigan joyni ulkan tuki maydon shaklida qurishni taklif etgan.

Pilla, tuxum kabi sisnishi ezilishi mumkin bo'lgan narsalarni naviga ko'ra ajratishda tukli konstruksiyadan foydalanish samarali va kam xarajatli usul.

Mevalarni tozalash uchun ularni ichi tuk bilan qoplangan quvurlardan o'tkazish g'oyasiga allaqachon patent berilgan.
Cho'tka effekti nafaqat zarbalarni, balki issiqlik va ovozni izolatsiya qilishda ham ishlatish mumkin. Masalan, bir ixtirochi tukli bo'yoqni o'ylab topgan. Buning uchun bo'yoqqa juda mayda temir sharchalar aralashtiriladi. Keyin devor shu bo'yoq bilan bo'yaladi. Bo'yoq qotmasdan turib unda kuchli elektromagnit yaqinlashtiriladi. Natijada mayda sharchalar bo'yoqni tortibtukchalar hosilqiladi. Bu tarzda bo'yalgan devor issiqlik va tovush o'tishini ancha kamaytiradi. Estetik jihatdan ham o'ziga xos zavq beradi.

manba: "irmoq" jurnali www.irmoq.uz

Bu borada yangi g'oyalar o'ylab topgan bo'lsangiz bizni ham xabardor qilishni unutmang. leonardo73@rambler.ru


Sahifadagi barcha qiziqarli malumotlarni o'qish
keyingi sahifadagi tajribalar =>
Kashfiyotlar va ixtirolar haqida o'rganing
Siz bilgan va bilmagan eng qiziqarli ma'lumotlar.
REKLAMA uchun joy bepul

Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezaylik !

Vosidiy Muslim tomonidan tayyorlandi. *** iqtibos olganda sayt manzili (kashfiyotlar.narod.ru) ko'rsatilishi shart.
Qo'shimcha taklif va mulohazalar yuborishingiz mumkin.. e-mail: leonardo73@rambler.ru
This template was provided free by www.free-templates.org copyright 2009

Hosted by uCoz