Flash animatsiyalarda virtual labaratoriya |
|
Kuzatishlar va tajribalar, kichik ixtirolar.
Ijodkor bo'lish uchun dohiy bo'lish shart emas, yoki oliy o'quv yurtida o'qish shart emas.
Oddiy talaba yechgan muammoni professorlar hal etolmagan bo'lishi mumkin. Yaponlarda shunday hikmat bor:
Oddiy narsaga diqqat bilan qarang
G'aroyiblikni ko'rasiz,
Xunuk narsaga sinchiklab qarang
Go'zallikni ko'rasiz,
Mitti narsaga e'tibor bilan qarang
Buyuklikni ko'rasiz,
Sodda narsaga yaxshilab qarang
Murakkablikni ko'rasiz
Ijodkorning eng muhim xislatlaridan biri nazar va tasavvur kengligidir. Albatta hamma narsa o'ylashga bog'liq. Maqsad esa ijodkorning oldiga o'zi kelib qolmaydi. Uni ham izlangan topadi. Topganlar maqsadga erishish uchun butun sarmoyasini tikadilar, imkoniyatlarini safarbar etadilar. Ijodkorning asosiy sarmoyasi 2 ta: VAQT va AQL. Hech kim o'zini aqlsiz demaydi. Shunday ekan nega hamma ijodkor emas? Sababi ko'pincha ikkinchi sarmoyadan ko'pchilik unumli foydalana olmaydi. Misol uchun, kuniga o'rtacha ikki soat televizor ko'radigan odam, 70 yillik umrining naqd 6 yilini ekran qarshisida o'tkazgan bo'ladi. Tasavvur qiling ,agar kishi olti yil betinim bir muamo ustida o'ylasa, muammo yechilmasligi mumkinmi? , Shunday ekan har bir "bo'sh daqiqani" maqsadli tafakkur uchun sarf qiling.
Universallik uslubi
Uslubning ta'rifi quyidagicha: obekt bir necha vazifani bajarish evaziga, boshqa obektlarga ehtiyoj qolmaydi. Insoniyatga bu uslub tabiat vositasida ilhom qilingan deyish mumkin. Chunki atrofga e'tibor bilan qarasangiz, tabiatdagi aksar mavjudotlar bir nechta vazifani bajarishadi. Masalan, daraxtlar havoni tozalash, meva yetishtirish, shamollarni to'sish, soya salqin qilish, kesilganda o'tin berish, duradgorlik mahsulotlari uchun yog'och taxta berish kabi vazifalarni bajaradi. Deylik, til - ta'm bilish chaynayotganda yegulikni bir jag'dan ikkinchi jag'ga uzatish, so'zlash , tupurish vazifalarini bajaradi.
Universallik yuqori darajadagi ixtirochilik uslubidir. Hayotimizda qo'llaydigan texnika buyumlarida ham universallik uslubi qo'llanilmoqda, masalan: mobil telefonlar esa telefon so'zlashuv, kamera, fotoapparat, diktofon, radio va boshqa ba'zi vazifalarni bajaradi. Bu esa inson mahsulidir. Yaqinda paydo bo'lgan skaner, printer va kseroks vazifasini bajaruvchi uchlik uskuna ham universalli uslubining mahsuli hisoblanadi.
Universallikning qo'llanish joylari xilma-xil. Masalan, gaz plitasi tugmasiga zajigalka tugmasi joylashtirilsa, buragan zahoti gaz alangalanadi. Gugurtga hojat qolmaydi. Chizg'ichning bir uchiga qo'zg'almas qilib igna va qo'zg'aluvchi g'ildirakli qalam uchi tutqichi o'rnatilsa, ayni vaqtda surkul vazifasini o'taydi.
Ruchkaning qopqog'ini antenna singari uzayadigan qilsak, ko'rsatkich tayoqcha sifatida ham ishlatish mumkin.
Atrofdagi predmetlarni kuzatib bosh qotirib ko'ring-chi, balki ushbu uslubni qo'llab olamshumul ixtirolar muallifiga aylanarsiz? Ijodingiz namunalaridan bizga ham jo'natsangiz saytimizga chop etamiz...
Magnit kuchi
Texnika va sanoatda magnit ishlatiladigan sohalar bisyor. Hozir ham bu effektni qo'llab juda ko'p kashfiyotlar qilinmoqda. Misol uchun, bir yosh ixtirochi, changyutgichning so'rg'ichiga magnit tayoqchasini yopishtirib qo'yishni taklif qilgan. Natijada, supurish davomida prujina, skrepka kabi temir buym parchalari magnitga yopishib changyutgichning ichiga kirib ketishi oldi olingan.
Yana boshqa ixtirochi, shim cho'ntagiga kichik magnitni tikib qo'yishni tavsiya etadi. Buning evaziga cho'ntakka solib qo'yilgan kalit tushib ketishi oldi olinadi. Agar kalit magnitga yopishmaydigan metalldan qilingan bo'lsa-chi ?- degan savol tu'giladi. Kalitga temir halqacha ulasb qo'yish bu muammoni hal etadi.
Bolg'aning zarb qismi magnit bilan qoplansa mixni o'zi ushlab turishi mumkin. Shunda qo'lning shikastlanish ehtimoli yo'qoladi.
Misollarni ko'plab keltirish mumkin. Sizning fikrngizcha magnit effektidan yana qayerlarda foydalanish mumkin?
Oddiy fikrlar kelajakda katta kashfiyotlarga olib kelishini unutmang.
Mikroto'lqinli pechka
Hozirda hammamizga yaxshi tanish bo'lgan mikroto'lqinli pechkaning ixtirochisi 120 dan ortiq kashfiyotlar muallifi Persi Spenserdir.
1945-yil, ya'ni ikkinchi jahon urushi tugashi arafasida, u radarlar sifatini oshirish ustida tajriba o'tkazardi. Tajribalar paytida... ... batafsil o'qish
Sahifadagi barcha qiziqarli malumotlarni o'qish
keyingi sahifadagi tajribalar =>
|
Kashfiyotlar va ixtirolar haqida o'rganing
|
Siz bilgan va bilmagan eng qiziqarli ma'lumotlar.
|
|