Kashfiyotlar, ixtirolar va ilm-fan yutuqlari
Kashfiyotlar va ixtirolar, fan texnika yangiliklari, fizik va ximik olimlar, qurilamlarning ishlashi, turli dvigatellar haqida, fizik hodisalar, Flash dasturida tayyorlangan o'yinlar, fizik hodisalar virtual labaratoriyasi, Flash test o'yinlari, jahon ilmiy tadqiqot markazlari, eng qiziqarli masalalar, Matematika, fizika, astronomiya, geometriya, ilm-fan haqida hikmatlar, hadislar, oyatlar va boshqa ko'plab malumotlar hamda maqolalar
- asosiy sahifa - - sayt haqida - - biz bilan bog'lanish -

ilm-fan rivojiga hissa qo'shgan kashfiyotchi olimlar va ixtirochilar hayoti.

Bu sayt endi AQL.uz saytiga ko'chdi...
Maqolalar davomi www.aql.uz saytida

Vilgelm Rentgen

Vilgelm Rentgen (1845 -1923) Germaniyaning kichikroq qishloqlaridan birida tug�ildi. U Tsyurix politexnikumida ta�lim oldi. Keyinchalik Lyutsburg universitetiga kelib professor unvonige ega bo�ldi va Maksvellning elektromagnitlar ustidagi tadqiqotlarini davom ettirdi. Shu bilan birga Rentgen turli gazlarning elektr o�tkazuvchanlik xususiyatlarini o�rgandi.
V. Rentgen 1895-yil anod va katoddan iborat elektrodli vakuum trubkalarida tajriba o�tkazayotib bir qancha yangi hodisalarni va noma�lum nurlarni kuzatadi, tasodifan Rentgen o�zining qo�l suyallarning qora tasvirini plastinkada ko�rib qoladi. Bu nurlarni har qanday to�siqdan, odam tanasi, qog�oz, karton va yupqa metall qatlamlaridan osongina o�ta olish qobiliyati borligini aniqladi. Boshqa nurlardan va quyosh nurlaridan farqli bo�lgan bunday ko�zga ko�rinmas bu nurni tushuntirib berish oson emas edi, shu sababli Rentgan uni �X- nur�, ya�ni kelib chiqishi noma�lum nur, deb ta�rifladi. Keyinchalik olimlar bu nurni �Rentgen nuri� deb nomlashdi. Bu nur hozirgi hayotida juda keng qo�llanilmoqda, ayniqsa tibbiyot sohasining rivojiga bu nurlarning ahamiyati g�oyat kattadir.

rentgenda olingan qo'l skeleti...


Genrix Gerts

Genrix Gerts (1857 -1894) Germaniyaning Gamburg shahrida tug�ildi. U muhandislik bilimlarini o�rgandi va keyinchalik, fizikani o�rganishga qiziqdi. U elektr zaryadlr ustida ko�p tajribalar olib bordi. Ana shu tajribalarning biri shuni ko�rsatdiki, elektr oqimi o�zidan elektromagnit to�lqinlar chiqarar ekan va buni bir qancha uzoqlikdan ham aniqlash mumkin. Bundan xulosa chiqargan G. Gerts haqiqatdan radioto�lqinlar � elektromagnit nurlanishning alohida ko�rinishi mavjudligini isbotladi. Keyinchlik, radioto�lqin ham xuddi yorug�lik to�lqiniga o�xshab, fokuslanish va sinib qaytish xususiyatiga ega ekanligi isbotlandi. Genrix Gertsning ishlari Maksvellning teoriyasini rivojlantirdi, ya�ni elektromagnit to�lqinlar xuddi yorug�lik nurlanishi kabi bo�lishini tasdiqladi.


Jeyms Maksvell

Jeyms Maksvell (1831 -1879) Shotlandiyaning Edinburg shahrida tug�ildi va shu shaharda ta�lim oldi. U matematik va Fizik edi. Uning asosiy tajriba va ishlari asosan, elektr va magnetizmga bag�ishlangan edi. Xans Ersted va Maykl Faradeyning g�oyalarini hamda nazariyalarini rivojlantirib elektromagnit kuchlanishni matematik hisobini va formulalarini keltirib chiqardi. U elektr toki manbai hosil qilgan magnit maydonning tarqalish tezligi tenglamasini tuzdi. Maksvell bu tezlikning yorug�lik tezligiga yaqin bo�lishini aniqladi va yorug�lik ham elektromagnit to�lqinning alohida ko�rinishi ekanligi haqidagi xulosaga keldi.


Dmitriy Mendeleyev

Dmitriy Mendeleyev (1834-1904) Sibir (Rossiya)da tug�ilib o�sdi. U oiladagi 14 farzandning eng kenjasi edi. Mendeleyev Peterburg universitetini tamomlab, tez orada kimyo fanlari professori bo�ldi. U turli elementlarning o�zaro aloqadorligini o�rgandi. O�sha davrlarda ko�pchilik kimyo olimlarining tushunishlariga ko�ra, ba�zi elementlarning bir biriga yaqinligi yoki o�xshashligi ulardagi atom massasini ifodalaydi. Elementning atom massasi � undagi bitta atom massasining vodorod atomining massasiga nisbatidir. Shunga ko�ra Mendeleyev 1869- yil o�zining davriy sistemalar jadvalini tuzdi. Bu jadvalda elementlar alohida guruhlarga bo�lingan va bu elementlarning o�zaro bog�liqligi ko�rsatilgan.


TOMAS ALVA EDISON

Tavalludi 11 fevral, 1847
Milan, Ogayo, AQSh
Vafoti 18 oktabr, 1931
Vest Orenj, Nyu Jersi, AQSh
Thomas Alva Edison (Tomas Alva Edison; 11 fevral 1847 � 18 oktabr 1931) � butun dunyoga mashhur amerikalik ixtirochi. Edison AQShda 1093 ta, dunyoning boshqa mamlakatlarida esa 3 mingga yaqin patentlarga ega bo'ldi. U telegraf, telefon, kinoapparaturani takomillashtirdi, xavfsiz elektr qizdirish lampochkasini yaratdi, dastlabki elektrovozlarga asos soldi, fonografni kashf etdi. Aynan u "Allo"ni taklif etgan.

Mashhur kashfiyotlari
Edison ko'pgina muhim kashfiyotlarning muallifidir. (Edisonning hayoti davomida AQShdagi patentlar byurosi unga 1093 ta patentni beradi � bunday miqdordagi patentlarni hali hech bir odam olmagan). Ular ichida: Saylovlarda ovozlarni sanovchi elektr hisoblagich � birinchi patentlangan kashfiyot. Qizdirish lampasidagi ip uchun uglerodning (kuydirilgan qog'oz) ishlatilishi. Fonograf, Kinetograf, Trafaretli bosma, Akkumulyator, Elektr stuli, "Allo"ni taklif etdi.


saytdagi barcha olimlar haqida o'qish
keyingi sahifadagi olimlar =>
ilm fan rivojiga hissa qo'shgan olimlar hayoti
kashfiyotchilar va ixtirochi olimlar.

Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezaylik !

Vosidiy Muslim tomonidan tayyorlandi. *** iqtibos olganda sayt manzili (http://kashfiyotlar.narod.ru) ko'rsatilishi shart.
Qo'shimcha taklif va mulohazalar yuborishingiz mumkin.. e-mail: leonardo73@rambler.ru
This template was provided free by www.free-templates.org

Hosted by uCoz