Kashfiyotlar, ixtirolar va ilm-fan yutuqlari |
- asosiy sahifa - - sayt haqida - - biz bilan bog'lanish - | |||||||||||||||
|
Kashfiyotlar va ixtirolar.
HAVO SHARLARI
Uchish haqidagi orzular, insoniyatning qadim zamonlardan beri qiladigan orzusi. Buni yunon afsonalarida korishimiz mumkin. Qadim davrda insonlarning qush kabi uchishi haqida koplab afsonalar va hikoyalar yozilgan. Birinchi bolib havoga kotarilgan kishilar aka-uka Mongolfe: Jozef (1740 -1810) va Jak (1745 -1799) hisoblanadi. Ular issiq havo sovuq havoga nisbatan yengil bolishini kashf etdilar. Shunday ekan, havo sharini bunday havo bilan toldirsa boladiku? Birinchi bolib bu havo sharida sinov uchun xoroz va ordak osmonga kotarilib, atigi 8 minut turishdi. Bundan keyin esa 1783-yilning 21 noyabr kuni ular ozlari yasagan havo sharida Parij ustida havoga kotarildilar.
XVIII asrdayoq shveytsariyalik fizik olim Daniel Bernulli gaz oqimining tezligi oqim kengligi bilan bogliq ekanligini kashf etgan edi. Keyinchalik bu qonun uning nomi bilan ataldi. Samalyotning uchishi ham shu qonunga asoslangandir. Samalyotning qanoti shunday yasalganki, havo uning yuqri qismiga nisbatan tagidan tezroq oqib otadi. Shu sababdan qanotning pastki qismidagi havo bosimi ortishi natijasida kotarilish kuchi paydo bolib samalyotni yuqoriga kotaradi. Samalyot qanotlarining kondalang kesimini kuzatsak uning xuddi qushlar qanotining kondalang kesimiga oxshashligini sezish mumkin.
Insonni osmonga kotara oluvchi qurilma yaratish qadimgi koplab olimlarni diqqatini tortgan. Shulardan biri Leonardo da Vinchi bolib, u 1500-yilda ulkan vint loyihasini chizib qoldirgan. U vertolyot qurishga urnib kormagan, chunki osha davrda motor ham bolmagan. 1793-yilda Fransiyada xitoycha pildiroq deb nomlangan oyinchoq paydo boldi. Hozirgacha uning ixtirochisi nomalum. 1796 yilda Jon Keyli bug dvigateli bilan haraketlanuvchi vertolyotni yasadi. Bu vertolyotning yetarlicha kotarilish kuchi bolmagani bois ucha olmadi. Shundan keyin kop vaqt davomida odamlar vertolyot yasash bilan shugullandi. Dunyoga kelgan vartolyotlardan bazilari fantastic darajada murakkab, boshqa birlari esa soddagina qurilgan edi. Lekin ulardan juda oz qismi ucha oldi. Ular uchgandayam faqat oz ogirligini kotara olgan. Eng muhim muammo shuki, kuchli, ammo yengil dvigatel yoq edi. Bunday dvigatel birinchi jahon urushi paytlarida yaratildi. Bunday dvigatel vertolyotni osmonga kotarilishiga sharoit yaratdi. 1909 va 1910-yillarda Igor Sikorskiy ikkita vertolyot yasadi. Ulardan biri yerdan faqat ozining ogirligini kotara olgan, xolos. 1917-yilning oxirida avstro-vengriyalik ikki ofitser boglanma kuzatish aerostatini almashtiruvchi vertolyotni yasadilar. Bu vertolyot balandlikka bir necha marta parvoz qildi, biroq u erkin burilib- qayrilolmas edi. Vertolyotni takomillashtirish ustida bir necha mamlakatlarda ish olib borildi. Lekin birortasi ham mashina konstruktorlar umidini oqlamadi. 1936-yilda Germaniyadan Fokke-vulf kompaniyasida vertolyotning muvaffaqiyatli qurilmasi yaratildi, degan xabar tarqatildi. 1937-yilda bu vertolyot mamlakat ustidan 335 metr balandlikda 70mil/soat tezlikda uchib otdi. AQShga emigrant bolib brogan rus muhandisi Igor Sikorski (1889-1972) 1940-yilda ozining birinchi harakatchan vertolyotini namoyish etdi. Bu vertolyotni YS-300deb nomladi. Bu vertolyot AQSh armiyasi tomonidan harbiy texnik qurol sifatida qabul qilindi.
![]() *** Uchish apparatlari va ularning tuzilishi haqida batafsil *** (bosing)
keyingi sahifadagi ixtirolar => |
|
|||||||||||||
Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezaylik ! |
|||||||||||||||
Vosidiy Muslim tomonidan tayyorlandi. *** iqtibos olganda sayt manzili (http://kashfiyotlar.narod.ru) ko'rsatilishi shart. |