Kashfiyotlar, ixtirolar va ilm-fan yutuqlari
Kashfiyotlar va ixtirolar, fan texnika yangiliklari, fizik va ximik olimlar, qurilamlarning ishlashi, turli dvigatellar haqida, fizik hodisalar, Flash dasturida tayyorlangan o'yinlar, fizik hodisalar virtual labaratoriyasi, Flash test o'yinlari, jahon ilmiy tadqiqot markazlari, eng qiziqarli masalalar, Matematika, fizika, astronomiya, geometriya, ilm-fan haqida hikmatlar va boshqa ko'plab malumotlar hamda maqolalar
- asosiy sahifa - - sayt haqida - - biz bilan bog'lanish -

Flash animatsiyalarda virtual labaratoriya

Kashfiyotlar va ixtirolar.

Xavfsiz britvaning yaratilish tarixi, Gillette

Birinchi xavfsiz britva 1771 -yil fransiyalik Jan Jak Pere tomonidan ixtiro qilindi. Ungacha britvalar ochiq holda bo'lib juda xavfli edi. Ammo bu britvaning tig'ini ham doim o'tkirlab turish talab etilardi. Bu muammoni AQShlik King Jillett Kemp hal qildi...

King Jillett Kemp (1855-1932) beixtiyor vaqt o'tishini his qildi va shuni tushundiki: Ko'pchilik odatda, ishlatib bo'lingan narsani qayta tiklashdan ko'ra yangisini olgisi keladi. Uning g'oyasiga ko'ra shunday narsa ixtiro qilish kerakki, bu narsa bir martalik (одноразовый) ishlatiladigan bo'lsin. Xaridorlar esa tez -tez yangisini sotib olsin. Haqiqatan ham, bir matalik ishlatadigan lezviya barcha buyuk ixtirolarning ichida mayda narsalarning eng buyugi hisoblanadi.

Jillett yaratilishiga nima sabab bo'ldi ?
Hammasi odatdagidek oddiygina boshlandi. Mehmonxonalarda muvaffaqiyat bilan butilka qopqog'i (temir probka) tarqatuvchi King Kemp Jillett bir kuni ertalab oynaga qarab qoldi. Soqoli o'sganligini ko'rib darhol britvasini olib soqol ola boshlaydi. Uning britvasi o'tmas bo'lib qolgandi. O'zi esa o'tkirlay olmasdi, Yoki parikmaxerga borish kerak yoki pichoq charxlash ustaxonasiga borishi kerak bo'ladi.
Jillettning o'zi quyidagicha hikoya qiladi: "Shu payt men sarosimaga tushib qolgandim. ishga shoshayotgan vaqtim edi. Shunda qo'limdagi britvaga qaradim, va miyamda ajoyib fikr tug'ildi. Nima bo'lgandayam, shuni aniq bilamanki, o'sha lahzada dunyoda jillett britvasi ko'rindi. Men uni bir soniyada butunlay ko'ra oldim, shunda, o'zimga -o'zim o'nlab savollar berdim va har biriga javob izladim..."
Ana shu yo'sinda dastali britva "Jillette" paydo bo'ldi. Lekin dastlabki bir martalik lezviya va uning dastasi (britvasi) hozirgichalik mukammal emasdi. Uni takomillashtirish uchun ko'p vaqt va mehnat talab etildi, ayniqsa, Uilyam Nikerson ismli muhandisning yordami ham ahamiyatga ega.

Tezkor bo'lish talab etilardi
King Kemp Jillett 1855-yil AQShning Vikinson shtatidagi kichik shaharcada tug'idi. Uning onasi Fenni Lemira Kemp "Oq uy oshpazligi"kitobining muallifi edi. U taomlarning yangi retseptlarini o'ylab topardi, turli pishiriqlar, shirinliklar, go'shtli taomlar tayyorlashda ustasi farang ayol bo'lgan. Otasi Jorj pochta mudiri bo'lgan, bo'sh vaqtlarida temir -tersak buyumlari bilan shug'ullanardi.
otasi Jorj O'g'lini o'qitish uchun Chikagoga kelgan. U yerda ustaxona ochib tikuv mashinalarini ta'mirlash bilan shug'ullandi. Bu faoliyat unga yaxshigina daromad keltirib turdi, hatto muvaffaqiyatlarga ham erisha oldi. Ammo 1872-yil Chikagoda ulkan yong'in sodir bo'lganda juda ko'plab imoratlar olov ostida kulga aylandi, shular qatori Jilletning otasi ochgan ustaxona ham barbod bo'ldi. Tez orada Jillatning otasi hayotdan ko'z yumdi, va oilasini boqish esa Jilletning bo'yniga tushdi.
1872-yil Jillet 17 yoshga to'lganda kichikroq kompaniya bo'lgan, sovun, atir, tish cho'tka kabi xo'jalik mollari bilan shug'ullanadigan savdo agentligiga ishga joylashdi. Tez orada, ko'zga ko'ringan obro'li ishchiga aylandi.
1891-yil King Jillett Baltimorga kelib butulkalar uchun probka va probka ochadigan (штопор) ishlab chiqaruvchi firmaga joylashdi. Uning yangi xo'jayini Uilyam Peytner ham ixtirolar qilishga va ishlab chiqarishda yangilik joriy qilishga qiziqardi. Uilyam Peytner o'z davrining boylaridan biri edi. Uni boy bo'lishiga sabab hozirgi kunda biz ishlatadigan butulkalar uchun probkani ixtiro qilishi edi. Chunki, probka bir marta ishlatiladi va gigienik tomondan ham xavfsiz. Shu sababli uning ixtirosiga talab ortgan edi.
King Jillet bilan Uilyam do'stlashdi. Firma xo'jayini Uilyam uni tez -tez mehmonga chaqirib turardi. Ikkovlari firmada yangi-yangi mahsulot ishlab chiqarish haqida bosh qotirardi. Kinlardan bir kun ular tushlik paytida ular muhandislikda ijodiy ishlar qilish haqida suhbat qilishib turgan edi. Bir payt butulkani ochayotganda Peytnerda yangi fikr tug'ildi, u dedi: - King Jillet, siz hech o'ylaganmisiz, bir marta ishlatiladigan va doim yangisi xarid qilinishi kerak bo'ladigan mahsulot yaratish haqida nima deysiz ? Bunda, xaridorga doim yangi predmet sotib oish to'g'ri keladi. Xuddi men ishlab chiqargan probkaga o'xshash. Har bir xarid sizga oz -ozdan bo'lsada ko'p foyda keltiradi.
Bu fikr Jilletga ma'qul keladi. Buning uchun esa tezkor bo'lish talab etilardi. U har daqiqada bu haqda o'ylay boshladi. Atrofidagi buyumlarni sinchiklab kuzatardi va ularni qanday qilib bir martalik ishlatadigan qilish mumkinligi haqda o'ylardi. Ammo bunday buyumni topolmadi.
Bir kuni ertalab odatdagidek...

Amerrikada, qolaversa butun dunyoda 1890-yillargacha ishlatilgan britvalar Qadimgi misrning britvalaridan farq qilmasdi. Ular juda sodda ko'rinishda bo'lib, doim o'tkirlab turish kerak edi. Jilletning g'oyasiga ko'ra britvaga ingichka po'latdan qilingan lezviyani qo'shish va uni har gal almashtirib yangisini ishlatish kerak edi. Ya'ni bir martalik ishlatadigan lezviya ishlab chiqarish haqida bosh qotirardi. Dastlab u tekshirib ko'rish uchun bir qancha lezviyalar va britva tayyorlab ko'rdi. Ammo uning mahsuloti odamlar uchun notanish bo'lgani uchun kamdan kam xarid qilinardi. Avvalgi paytlar Jillet foyda ko'rolmadi. O'z mahsulotini turli variantlar bilan chiqardi. U do'kondan soat uchun ishlatiladigan po'lat prujina xarid qilib undan lezviya tayyorlay boshladi.
8 yil davomidagi izlanishlari uchun 25 ming dollar sarf qildi. Uning izlanishlari shunda ediki, po'latdan iloji boricha yupqa va o'tkir lezviya tayyorlash edi. Jillet har qanday qiyinchilik, muammoga duch kelsa ham taslim bo'lmasdi va umidini uzmasdi. Texnologiya universitetida tahsil olgan Uilyam Nikkerson lezviya ishlab chiqarishda Jilletga katta yordam berdi. Nikerson po'lat lentani yupqalash va o'tkirlash texnologiyasini ishlab chiqdi. Shundan so'ng lezviya muammosi hal bo'ldi. 1901-yilda Jillet o'z ixtirosi uchun patent oldi va o'zining firmasini ochdi.
Birinchi marta ikki tomonlama o'tkir lezviya 1903-yilda bozorda sotuvga chiqarildi. Ikkinchi jahon urushi davrida Jillet britvasiga bo'lgan talab tezda oshdi. 1917-yilda uning firmasi 1 million britva va 120 million lezviyani sotdi.

1930 -yilda Jillet mahsuloti dunyo bozoriga krib bordi. Bundan so'ng u faqatgina britva bilan lezviya emas , balki turli xil kremlar ham ishlab chiqara boshladi.
1942-yilda ixtirochi Jilletning o'limidan (1932-y.) so'ng uning yangi kassetali modeli ishlab chiqildi. 1998-yilda Gillett sotuv hajmi 10,1 milliard dollarni tashkil etdi.Mahsulot dunyoning 23 ta mamlakatida ishlab chiqariladi va 200da ortiq mamlakatda sotiladi. Kampaniyada 40 ming dan ziyod ishchilar ishlaydi.


Mikroto'lqinli pechka qachon ixtiro qilindi ?

Hozirda hammamizga yaxshi tanish bo'lgan mikroto'lqinli pechkaning ixtirochisi 120 dan ortiq kashfiyotlar muallifi Persi Spenserdir. 1945-yil, ya'ni ikkinchi jahon urushi tugashi arafasida, u radarlar sifatini oshirish ustida tajriba o'tkazardi. Tajribalar paytida Spenser o'zining stolidagi to'lqin chiqaruvchi maolama yonida turgan shokolad erib ketaotganini sezib qoladi va yuqori chastotali to'lqinlarning bunday "qobiliyatini" o'zi bilmagan holda kashf qildi. Ko'plab sinovlardan keyin, u 400 kilogramm og'irlikdagi birinchi mikroto'lqinli pechni yasaydi. Dastlab bunday pechlardan ovqatni tezda pishirish zarur bo'lganyirik restoranlarda, samalyot va kemalarda foydalanilgan. Hozirda esa uning kichik namunalari butun dunyoga tarqalib ketdi.


Sahifadagi barcha ixtirolar haqida o'qish
keyingi sahifadagi ixtirolar =>
Kashfiyotlar va ixtirolar haqida o'rganing
O'zingiz ham izlaning va ixtiro qiling, jamiyatga foydangiz tegsin
REKLAMA uchun joy bepul

Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezaylik !

Vosidiy Muslim tomonidan tayyorlandi. *** iqtibos olganda sayt manzili (http://kashfiyotlar.narod.ru) ko'rsatilishi shart.
Qo'shimcha taklif va mulohazalar yuborishingiz mumkin.. e-mail: leonardo73@rambler.ru
This template was provided free by www.free-templates.org

Hosted by uCoz