Kashfiyotlar, ixtirolar va ilm-fan yutuqlari
Kashfiyotlar va ixtirolar, fan texnika yangiliklari, fizik va ximik olimlar, qurilamlarning ishlashi, turli dvigatellar haqida, fizik hodisalar, Flash dasturida tayyorlangan o'yinlar, fizik hodisalar virtual labaratoriyasi, Flash test o'yinlari, jahon ilmiy tadqiqot markazlari, eng qiziqarli masalalar, Matematika, fizika, astronomiya, geometriya, ilm-fan haqida hikmatlar va boshqa ko'plab malumotlar hamda maqolalar
- asosiy sahifa - - sayt haqida - - biz bilan bog'lanish -

Flash animatsiyalarda virtual labaratoriya

Kashfiyotlar va ixtirolar.

Dvigatel qanday ixtiro qilingan ?

Insoniyat turli mexanizm va mashinalarni harakatga keltirish uchun dastlab bug dvigatellarini oylab topgan edi. Birinchi bug dvigateli 1777-yili ixtiro qilindi. Bu dvigatelning porshenida suv qaynaydi va undan chiqqan bug kuchli kengayib kuchli bosim hosil qilib, porshenni itaradi. Chunki bug ning hajmi ozi hosil bolgan suvning hajmidan 1700 marta ortiq boladi.
Toquvchilik sohasida ip yigirish mashinalarini harakatlantiruvchi birinchi motor 1784-yilda Jeym Uatt tomonidan yaratilgan. Bu motor ham bug bilan aylanardi. Bug dvigatellarining vazifasi, issiqlik enargiyasini mexanik energiyaga aylantirib berishdir.
Bug dvigatellari takomillashib borib, ular yordamida turli paravozlarni yoki poezdlarni harakatga keltirishgan. Bu dvigatellar dunyoda birinchi temiryollar va poezdlar yaratilishiga sabab boldi. Birinchi paravozning ixtirochisi Jorj Stefan ismli muhandis edi. Uning paravozi 8 ta vagon bilan 1 soatda 10km tezlikda yura olgan. Birinchi yolovchi tashuvchi temiryol liniyasi 1825-yil Angliyada ochildi. Bundan tashqari XIX asrda amerikalik ixtirochi R. Fulton bug bilan yuruvchi paraxodni ixtiro qildi.


ichki yonuv dvigateli

Birinchi yengil dvigatelni 1860-yilda belgiyalik muhandis Etenn Lenuar (1822-1900) ixtiro qildi. Uni ichki yonuv dvigateli deb atashgan. Bu dvigatelning porsheniga havo va yonuvchi gaz aralashmasi yuboriladi va u qattiq siqilib yonish natijasida energiya hosil bolib porshenni harakatga keltiradi. Porshen esa gildirakni aylantiradi. 1876- yil nemis muhandisi Nikolay Otto (1832- 1891) tort taktli dvigatelni ixtiro qildi. U oz nomi bilan 4 ta silindrdan iborat edi. Kopchilik avtomobillarning dvigatellari va hozirgi kunimizdagi dvigatellarning asosi ham Otto chizmasiga asoslangandir. Benzin bilan yuradigan birinchi dvigatel 1883- yilda Gotlib Daymler tomonidan yaratilgan.


zamonaviy dvigatelning tuzilishi


AVTOMOBILNI KIM IXTIRO QILGAN ?Daymler

Benzin bilan yuradigan birinchi yengil dvigatel 1885- yilda nemis muhandisi Gotlib Daymler (1834-1900) va Vilgelm Maybax (1846-1929) tomonidan yaratilgan. Bu dvigatel ikki gildirakli velosipedni harakatlantirgan edi va buning natijasida birinchi mototsiklni yaratishdi. 1886-yilda Daymler dastlabki tort gildirakli avtomobilni yaratdi, 1889-yilda Daymler va Maybax tort gildirakli avtomobilni yaratishdi. Bu avtomobilning hamma joyi ochiq va u juda soda korinishda edi. 1890 yilda esa jamiyatga Viktoriya va Faeton deb nomlangan yana ikki avtomobil modelini taqdim etdi. Bundan tashqari, Daymler karbyuratorni (yonilgini havo bilan aralashtirib silindrga quyish uchun ishlatiladigan mexanizm) ham yasadi. Bu yol bilan dvigatelning ishlash unumdorligi oshgan. 1890-yilda Daymler Daymler motor company kompaniyasiga asos soladi va bu kompaniya 1926-yilga kelib Bens kompaniyasi bilan birlashadi. Shu sababdan Mercedes Bens(Mercedes Daymler qizining ismi)

Karl Bens (1844-1929) benzin bilan ishlovchi, ichki yonuv dvigatelini ixtiro qildi. Bu dvigatelni uch gildirakli arava korinishdagi qurilmaga ornatdi. Mashina uch gildirakli bolib, oldingi gildirak rul boshqaruviga xizmat qilardi, keyingi ikkalasi yetakchi gildiraklar edi. Bens bu avtomobilini 1885- yilda sinovdan otkazib kordi va u 14,5km/s tezlik bilan yurgan.
Daymler va Bens ozaro hamkorlikni davom ettirib, 1896 yilda avtomobil uchun ikki silindrli dvigatelning ishchi modelini yaratdi. 1901- yilda esa ular avtomobilsozlik firmasini tashkil etishdi va bu firma ishlab chiqaradigan avtomobillarning modeliga Daymlerning qizi Mersedes nomi berishdi. Tarixda, G. Daymler va K. Bens birinchi avtomobil ixtirochilari deb qabul qilingan. Ularning ilk mashinasi 0,75 ot kuchiga ega bolib, soatiga 12 km tezlik bilan yura olgan.


Benzning birinchi avtomobili


Daymlerning birinchi mototsikli


Birinchi avtomobil zavodi

XX asr boshlarida avtomobillar juda qimmat narxda edi. Ularda faqatgina boylar yoki rahbarlar minib sayr qilishgan. AQSh ning Michigan shtatida fermer oilasida tugilgan Henri Ford (1863-1947) dastlabki avtomobil zavodini ishga tushurdi. Bunga sabab, u oyladiki, avtomobillrning narxi pasayishi unga bolgan talabni orttiradi.
1903- yilda Henri Ford Ford motor company firmasiga asos soldi. Bu birinchi avtomobil zavodi bolib, avtomobillarni keng kolamda ishlab chiqara boshladi. Bu zavodda avtomobilning qismlarini alohida ishchilar yigishgan, yani avtomobil bir ishchidan boshqasiga otib ketavergan va shu vaqtda har bir ishchi avtomobil kelganda oziga tayinlangan vazifa (masalan gildirakni, kapotni ornatish)ni bajargan. Fordning T modelini ommaviy ishlab chiqarish 1908- yilda boshlangan. Bu kompaniya chiqargan Model T avtomobilining narxi 825 $ edi. Jami 17 millionga yaqin Model T rusumidan ishlab chiqargan edi. Xuddi shu davrdan boshlab tarixda yangi bosqich, avtomobillar davri boshlandi.
ford zavodi


Sahifadagi barcha ixtirolar haqida o'qish
keyingi sahifadagi ixtirolar =>
Kashfiyotlar va ixtirolar haqida o'rganing
O'zingiz ham izlaning va ixtiro qiling, jamiyatga foydangiz tegsin
REKLAMA uchun joy bepul

Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezaylik !

Vosidiy Muslim tomonidan tayyorlandi. *** iqtibos olganda sayt manzili (http://kashfiyotlar.narod.ru) ko'rsatilishi shart.
Qo'shimcha taklif va mulohazalar yuborishingiz mumkin.. e-mail: leonardo73@rambler.ru
This template was provided free by www.free-templates.org

Hosted by uCoz