ALOQA QURILMALARI QACHON IXTIRO QILINDI ?
XIX-asrda aloqa sistemasi va mexanizmlari kashf qilish jarayoni anchagina qiyinchiliklar va sekinlik bilan davom etdi. Qadimgi davrlarda odamlar bir biriga maktubni choparlar yoki karvonlar yordamida yetkazar edi. Bundan tashqari biror hodisa haqida bir biriga xabar yuborish uchun signal minoralari, osmonga tutun chiqarish, gulxan yoqish va cherkov qongiroqlaridan foydalanar edi. Bu usullar faqat yaqin masofa uchun samarali edi, ammo uzoq masofalarga bu usulda xabar yuborishning imkoni yoq edi. Uzoq masofalarga maktub jonatish juda kop vaqtni talab qilar edi. Masalan: Yevropadan Orta osiyogacha maktub yetib borishi uchun ber necha oylar vaqt ketgan.
Simli aloqa
Birinchi elektr telegrafi 1837-yilda angliyalik ixtirochi Uilyam Kuk (1806-1879) va Charlz Uitson (1802-1875) yaratdi.
Bu telegrafda elektr toki otkazgich sim orqali qabul qiluvchiga yetkazilgan. qurilmada signallar qabul qiluvchining strelkasini harakatga keltirib turli harflarni korsatgan va shu usul yordamida har xil axborotlarni uzoq masofaga yetkazish imkoni paydo bolgan edi.
Morze kodlari
1843 yilda Amerikalik rassom Semyuel Morze (1791-1872) telegraf uchun yangi kodni ixtiro qiladi.
Uning bu kodi Kuk va Uitson ixtiro qilgan kodlarni ozgartirilgani edi. Semyuel Morze alifbodagi har bir harf uchun tire va nuqtadan (-va .) iborat kodlarni ishlab chiqdi. Xabar uzatishda uzoq signal tire (-)ni ifodalagan, qisqa signal esa nuqta bilan (.) ifodalangan. Morze kodi hozirgi kunimizda ham qollanilmoqda. Morze ozining telegrafini namoyish qilish maqsadida Baltimordan to Vashingtongacha bolgan 6 km masofaga otkazgichli sim yotqizdi va buning yordamida prezidentlik saylovlari haqidagi yangiliklarni uzatib turgan. 1858-yilda Charlz Uitson shunday sistema quradiki uning yordamida telegraf apparatiga tushgan xabarni operator uzun qogoz lentaga terib chiqardi. Keyin esa maxsus kod yozuvchisi nuqta va tiredan iborat signalni uzun va qisqa signalga aylantirib yuborgan. Opertorlar esa signalni eshitib darhol uning uzun qisqaligiga etiboran nuqta yoki tire korinishida yozishar edi. Bu signalda Har bir harf bir necha nuqta yoki tiredan iborat bolgan.
Masalan: Z harfi " - - . . "(2 ta tire va 2ta nuqta) korinishda bolgan. Hozirgi kundagi axborot jonatuvchi telegraf qurilmalari ham shu qoida sosida ishlaydi. Ammo nuqta va tire signallarini harf korinishiga keltirish avtomat tarzda amalga oshiriladi.
TELEFON ALOQASI qachon paydo bo'ldi ?
Koplab ixtirochilar odamlarning uzoq masofadan turib bir biri bilan sozlashish imkonini beruvchi qurilma yaratishga harakat qilishardi. Bunday qurilmani yaratishda Aleksandr Grexem Bell (1847-1922) katta hissa qoshdi. Aleksandr Bell asli shotlandiyalik bolib, Aqshning Boston shahrida yashagan. U avvallari karlar maktabida oqituvchilik qilardi, keyinchalik esa Boston universitetida tahsil oldi. Aleksandr Bell bilan Tomas Uotson (1854-1934) hamkorlikda ishlab uzatuvchi (mikrofon) va qabul qiluvchi (dinamik) dan iborat qurilmani yasashdi. Bu qurilmada mikrofonning vazifasi tovush tolqinlarini elektr signalga aylantirish. Elektr signal esa boshqa apparatning dinamikiga borib avvalgi tovush tolqini holatiga keltiriladi. Demak, mikrofon tovushni elektr tokiga aylantirsa, Dinamik esa ana shu tokni qayta tovush tolqiniga aylantiradi.
Birinchi telefondagi sozlashuv 1876-yil 10-mart kuni bolgan. Bellning shimiga kislota quyiladi va u oz hamkasbiga telefon orqali murojaat etib:-Janob Uotson, siz hozir mening oldimga kela olasizmi, menga kerak boldingiz-deydi. Birinchi telefon stansiyasi 1877-yili Kannikuta (AQSh)da ochildi. Stansiyadagi telefonchilar abonentlarni bir biriga qol bilan boglab bergan. 1883-yilda Boston va Nyu-York orasida yangi telefon aloqasi yolga qoyildi. Shundan song telefon aloqasi dunyo mamlakatlarida juda tez tarqaldi. Bu ixtironi fan texnikaning katta yutuqlaridan biri desak boladi.
Telefon aloqasi to hozirgi kungacha kop bosqichlardan otdi. Ular kun sayin mukammallashib va takomillashib bormoqda.
Odatda ikkita telefon sozlashuvlarini boglash uchun ichida mis sim bolgan kabellar ishlatiladi. Bunday kabellar qalinligi 15mm.dan 50 mm.gacha va sigimi esa 1600x2 gacha bolib, ular: mahalliy , shaharlararo va magistral turlarga bolinadi. Mahalliy turdagi kabellar asosan ATS larni bir biriga boglaydi. Ular yer osti kanalizatsiyalari orqali otkaziladi. Shaharlararo yoki magistral turdagi kabellar ikki shahardagi telefon sozlashuvlarini boglaydi. Ular tuzilishi jihatdan ozgina murakkabroq va sigima ham katta boladi. Bunday kabellar havo yani tayanchlar orqali yoki yer osti orqali otkaziladi. Kabellarni korroziyadan saqlash maqsadida turli himoya vositalari qolaniladi. Masalan: Alyumin qobiq, polietilen, Qo'rg'oshinli qobiq va hkz.
Fizika sohasida kvant generatori ixtiro qilingandan keyin elektr kabellari orniga optic tolali kabellar qollanila boshlandi. Bu kabel ichida shaffof shishadan qilingan ingichka maxsus tolalar joylashgan. Tovush signallari yoruglik tolqiniga aylanib kerakli ATSga yetib boradi. Nurning sonish qiymati juda kichik bolgani uchun aloqa sifati ham yuqori boladi. Hozirgi kunda ozbekistonning katta shaharlari orasidagi magistral elektr kabellari orniga optic tolali kabellar yotqizilmoqda, kelgusi yillarda butun respublika aloqa tarmogini optic kabellar bilan almashtirish rejalashtirilgan. Ozbekistonda qollanilayotgan Optik tolali kabellar siemens va f ujikurafirmalari tomonidan ishlab chiqarilgandir.
optik tolali aloqa kabellarning tuzilishi