Kashfiyotlar, ixtirolar va ilm-fan yutuqlari |
- asosiy sahifa - - sayt haqida - - biz bilan bog'lanish - | |||||||||||||||
|
Bilasizmi ?... Eng qiziqarli ma'lumotlar.
ABADIY DVIGATEL NIMA ? abadiy dvigatelni yaratish mumkinmi??
Oamzod yuz yillar mobaynida bir marta harakatga keltiriladigan va to’xtovsiz ishlaydigan, foydali ish bajaradigan, shu bilan birga tashqaridan enargiya olmaydigan mexanizm yaratishni orzu qilganlar.
Abadiy dvigatel o’z nomdan ma’lumki, u, hech energiyasi so’nmaydigan dvigateldir. Agar abadiy dvigetelga hech narsa ta’sir qilmasa u o’z harakatidan to’xtamasligi kerak. Boshqacha qilib aytganda, Abadiy dvigatelning foydali ish koeffisenti (F.I.K.) 100% da ortiq bo’lishi talab etiladi. Bizga ma’lum bo’lgan bo’lgan har qanday mashina tashqaridan olgan energiya manbaiga tayanib ishlaydi. Masalan, Shamol elektrostansiyalari shamol enargiyasidan foydalanib harakatga keladi. Avtomobil esa yonilg’i ni yoqish evaziga hosil qilgan energiyasi asosida harakatlanadi. Abadiy dvigatelning g’oyasi shundan iboratki: u o’zining ish jarayonida o’zi uchun energiya ishlab chiqrishi kerak, ishlab chiqarilgan enargiyaning bir qismini esa yana o’zi uchun sarflab yana o’zining bajarayotgan ishidan enargiya ishlab chiqarishi kerak va hokazo. Demak, u o’ziga sarflanadiga energiyadan ko’ra ko’roq energiya ishlab chiqarishi kerak ekan. Abadiy dvigatel yaratilganmi? Degan savolga barcha fiziklar bir ovozdan “Yo’q” javobini berishadi, Haqiqtan ham uning iloji yo’q. chunki, u fizikadagi “energiyaning saqlanish va aylanish qonuni”ga ziddir.. Ammo insonlar qadim zamonlardan beri bu borada turli izlanish va tadqiqotlar olib borishgan. Hatto bir necha asr ilgari ba’zi tadqiqotchilar -“abadiy dvigatel yaratildi” deb ko’p shov-shuvga sabab bo’lishgan, ammo ularning dvigateli abadiy eas edi, balki uzoq muddat ishlay oladigan dvigatel edi. Hatto, ba’zi ixtirochilar bu dvigatelning turli variantdagi va har xil ko’riishining chizmalarini chizib qoldirishgan. Biroq bunday chizmalar amalda o’z vazifasini bajara olmas edi.
Quyida o’shadnay “Abadiy dvigatel”ning chizmalari ko’rsatilgan. Magnit bo'lakchalaridan tayyorlangan dvigatel, Bunda magnitlarning bir birini itarishi yordamida harakatga kelishi kerak, amalda ko'rilmagan.
keyingi sahifadagi ma'lumotlar => |
|
|||||||||||||
Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezaylik ! |
|||||||||||||||
Vosidiy Muslim tomonidan tayyorlandi. *** iqtibos olganda sayt manzili (http://kashfiyotlar.narod.ru) ko'rsatilishi shart. |