OT KUCHI NIMANI ANGLATADI ?
Avtomobillar haqida gapirganda ot kuchi atamasini tez-tez qollaymiz. Xosh, ot kuchi qachondan beri qollanilgan va uning manosi nima ?. Keling shu savollarga javob topsak "Ot kuchi" atamasi kuchni emas balki quvvatni anglatadi. Mashhur fizik olim Jeyms Vatt aniqlashicha 1 ta ot 1 minutda 100 fut (30 metr) chuqurlikdan 330 funt (150 kg.) komirni blokka boglangan arqon orqali tortib chiqara olar ekan. Ana shu ishni bajaradigan quvvat 736 vattni tashkil etadi. 1960-yili SI (System International ) birliklar sistemasida 736 vattni tashkil qiluvchi quvvat birligi 1 ot kuchi deb belgilandi.
Buni quyidagi hisobda keltiramiz mumkin:
F- kuch (Nyuton)
J ish (joul)
T vaqt (sekund)
S yol (metr)
Vt quvvat (vatt)
Quvvatni topish formulasi quyidagicha
Jeyms Vattning hisobiga kora 1 ta ot 1 minutda (60 sekundda) 30 metr chuqurlikdan 150 kg. komirni blokka boglangan arqon orqali tortib chiqara olar ekan.
s= 30 metr
F= 9,8*150 kg = 1473 Nyuton
t= 60 sekund
demak, ma'lum bo'ldiki 1 ot kuchi 736 vattga teng ekan.
DOIMIY MAGNIT - magnit kuchi haqida bilasizmi?
Magnit toshlari qadim zamonlardan beri insonlarni qiziqtirib kelmoqda. Uning bir-birini tortishi yoki bir birini itarish kuchi insonlar uchun garoyib tuyulgan. Haqiqatan, magnitning tortish va itarish hodisasi sabablari hali hanuz oz yechimini topolganicha yoq. Togri, bu haqda turli nazariyalar , fikrlar va turli qarashlar mavjud bolsayam ammo ularning birortasi bu hodisaning nima sababdan va qanday roy berishini tola tushuntirib berolmaydi. bu mojizaning siri sirligicha qolmoqda. Olimlar uni faqatgina magnit maydon deyishdan nariga otolmayapti. Elektronika, texnologiya taraqqiyotini magnitsiz tassavvur etib bo'lmaydi. Deyarli har bir texnik asbobda albatta magnit hodisasi qollaniladi. Bajarilishi qiyin bolgan bazi ogir mahnatni magnitdan foydalanish yordamida ogir mehnatlari yangillatish mumkin. Masalan: metallurgiya sanoatida issiq metallarni bir joydan boshqa joyga tashishda galtakli (tok yordamida magnit hosil qilish)magnitda foydalaniladi. Bunda qurilmaga elektr kuchlanishi berilsa simli galtak magnitga aylanadi va matallni oziga tortadi, uni malum joyga olib borgandan song magnitga berilayotgan kuchlanishni ochiradi va magnitlik xususiyati yoqolgani uchun metallni qoyib yuboradi. Xullas, magnitning xususiyati haqida har qancha gapirish mumkin, Biroq sizning etiboringizni ajoyib tajribaga qaratmoqchimiz;
Qolingizda magnit bolagi va ip bor, shu ikki narsa yordamida yerning shimoliy va janubiy qutblarini aniqlash mumkinmi ? , Albatta mumkin. Xosh, qanday qilib ?
Malumki yer sharining ham magnit maydoni bor, Shunga kora yerdagi magnit maydonning har qanday narsa uchun tasiri mavjud, ammo inson buni sezmaydi. Yerning magnit maydonini magnit toshiga qilayotgan tasirini sezish qiyin emas. Buning uchun magnit bolagini ipga boglab osib qoyasiz. Magnit bolagi biroz aylanib yoki silkinib bir tomonini yerning shimoliy qutbiga, boshqa tomoni esa yerning jabubiy qutbiga qaratadi. Uni har qancha ozgartirsangiz ham baribir Yer sharining magnit maydoni tasirida ozining holatini saqlab qolaveradi. Bunda magnit bolagining shimol qutbi yerning janub qutbiga yonalgan boladi, magnitning janubiy qutbi esa yerning shimoliy qutbiga yonalgan boladi.
Har doimgi foydalanadigan o'zgaruvchan elektr tokini ham magnitsiz hosil qilib bo'lmasligini yaxshi bilsangiz kerak, Elektrostansiyalarda deysizmi, benzin bilan ishlaydigan generatorlar deysizmi yoki velosipedning tok ishlab chiqaruvchi qurilmasi deysizmi, ularning barchasi aynan magnit yordamida tok ishlab chiqaradi,
Magnit yordamida tok olishni dastlab
Maykl Faradey kashf qilgan... U doimiy magnitni simli g'altak ichida harakatlantirib o'zgaruvchan induksion tokni hosil qilishga erishdi...
quyidagi rasmda uning ishlashi ko'rsatilgan: