Kashfiyotlar, ixtirolar va ilm-fan yutuqlari
Kashfiyotlar va ixtirolar, fan texnika yangiliklari, fizik va ximik olimlar, qurilamlarning ishlashi, turli dvigatellar haqida, fizik hodisalar, Flash dasturida tayyorlangan o'yinlar, fizik hodisalar virtual labaratoriyasi, Flash test o'yinlari, jahon ilmiy tadqiqot markazlari, eng qiziqarli masalalar, Matematika, fizika, astronomiya, geometriya, ilm-fan haqida hikmatlar, hadislar, oyatlar va boshqa ko'plab malumotlar hamda maqolalar
- asosiy sahifa - - sayt haqida - - biz bilan bog'lanish -

ilm-fan rivojiga hissa qo'shgan kashfiyotchi olimlar va ixtirochilar hayoti.

Bu sayt endi AQL.uz saytiga ko'chdi...
Maqolalar davomi www.aql.uz saytida

Isaak Nyuton

Ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanikaning asoschisi Isaak Nyuton tarixdagi eng mashhur olimlardan biri edi. Nyuton 1661 �yil Angliyaning Linkolnshir shahrida fermer oilasida tug�ildi. U Kembrij universitetining matematika fakultetiga o�qishga kirdi va uni 1665-yil tamomladi. O�sha yili chuma epidemiyasi kasalligi keng tarqala boshladi va bu kasallik Kembrij shahrigayam yetib keldi, natijada universitet yopildi. Keyinchalik Nyuton o�z shahri Linkolnshirga qaytdi. 1668 yilda Nyutonga magistr unvoni berildi va shundan so�ng u Kembridj universitetida fizika-matematika kafedrasiga boshchilik qila boshladi. 1672 yilda u London Qirollik jamiyatining a�zosi qilib saylandi, 1703 yilgacha esa uning prezidenti bo�ldi.
Isaak Nyutonning ilm- fanga, xususan matematika, fizika faniga qoshgan hissasi benihoyat ulkandir. U fizika va matematika fanlariga juda ko�plab qonunlarni va teoreyalarni kiritdi. Harakat va tortishish qonunlarini, butun olam tortishish qonuni, yorug�lik qonuniyatlari, yorug�likning tarqalishi ni o�rgandi. Nyuton matematik hisoblarni qo�llab ko�p asrlik muammo bo�lgan koinotdagi samoviy jismlar harakati muammolarini hal etdi . Yerning tortish kuchi borligini isbotladi, Aytishlaricha uning bu boradagi izlanishiga sabab: daraxt tagida o�tirganda boshiga olma tushgani ekan. O�zi kashf qilgan butun olam tortishish qonunini Nyuton muvaffaqiyatli ravishda osmon jismlarining harakatini tushuntirishga tadbiq qildi. U ishlab chiqqan mexanika va fizikaning asosiy vazifalari zamonasining ilmiy muammolari bilan uzviy bog�langan edi. Masalan, optika sohasidagi tadqiqotlar optik asboblarning kamchiliklarini bartaraf qilishga qaratilgan edi. �Yorug�lik va ranglarning yangi nazariyasi� (1672) nomli optikaga oid qarashlarini bayon qildi. Bu ish qizg�in bahsga sababchi bo�ldi. Nyutonning yorug�lik tabiati haqidagi korpuskulyar qarashlariga ingliz olimi R.Guk qarshi chiqdi. U vaqtda Nyuton yorug�lik haqidagikorpuskulyar va to�lqin tasavvurlarni o�z ichiga oluvchi gipotezani olg�a surdi. 1704-yilda nyuton o�zining ko�plab mehnati natijasida yozgan �Optika� deb nomlangan kitobini chiqardi. Unda yorug�likning xususiyatlari, uning tarkibi, umuman olganda bu kitob optikaga bag�ishlangan edi. Nyutonning optika sohasidagi tajribalaridan biri, u quyosh nurini shisha prizma orqali qorong�i xonaga o�tkazib spektrdagi 7 xil rangni hosil qildi. U shuni isbotladiki: Oq yorug�lik tarkibida 7 xil rang mavjud ekan.
Nyuton barcha sayyoralar quyosh atrofida aylanishini ilmiy ravishda isbotlab, Keplerning sayyoralar harakati haqidagi qonunlarini tasdiqladi. Nyuton matematika faniga ko�plab qonunlar kiritdi, masalan, kombinatorika elementlari, guruhlash, yoki sonlarni o�rnini almashtirishdagi usullar soni va hokazolarni fanga kiritdi. Aytishlaricha, Nyuton yoshligidan o'ta kamgap inson bo'lgan ekan. hech qanday ortiqcha yoki behuda gaplar aytishni xush ko'rmas ekan.


Maykl Faradey

Maykl Faradey 1791 �yil London (Angliya) atrofida istiqomad qiluvchi temirchi oilasida tug�ildi. Dastlabki mehnat faoliyatini kitob do�konida boshladi. 1813-yilda u Londondagi qirollik tadqiqot institutida laborant lavozimida ishga joylashdi. 1833-yil shu institutda professor darajasiga erishdi. Faradey, o�zidan avval magnetizmni o�rgangan olim Ersted ning kashfiyoti haqida eshitib, quyidagi so�zlarni yozgan edi: �Elektr magnetizmni vujudga keltirar ekan, magnetizm elektrni vujudga keltirmasmikan ?� Agar boshqacha aytadigan bo�lsak : �Agar elektr toki magnit maydonni hosil qilsa, magnit maydon yordamida elektr tokini hosil qilib bo�lmasmikan�.
Faradey buning amalgam oshishiga ishonar edi, lekin qanday amalgam oshirishni bilmas edi. 1822-yilda boshlab, tajriba ketidan tajriba o�tkazib, u qo�yilgan masalani hal qilishga intildi, lekin tezda muvaffaqiyatga erisha olmadi. Faqat oradan to�qqiz yil o�tgach ya�ni 1831-yilda mehnati va tirishqoqligi natija berdi: u tajribada magnit yordamida elektr tokini hosil qildi ya�ni g�altak orasiga doimiy magnitni harakatlantirib induksion tok hosil qildi. Faradey o�zining ilm fan yo�lida bardoshligi va tirishqoqligi bilan boshqa olimlarga o�rnak bo�la oldi. Ushbu kashfiyotini qo�llab mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirib beruvchi qurilma yaratdi. Uning bu kashfiyoti hozirgi turmush hayotimizda juda keng qo�llaniladi.


Nobel Alfred Bernxard

Nobel Alfred (1833-1896) mashhur Shved injener �kimyogari. 1853- yildan boshlab Rossiya armiyasiga qurol yetkazib beradigan otasiga qarashli �Nobel� fabrikasida ishlagan. 1865-yili fabrikada portlash yuz berib, bir qancha insonning hayotiga zomin bo�lishidan keyin Nobel portlashga qarshi chora ko�rish maqsadida himoya vositalari chiqarish ustida ishladi. Shvetsiya, Angliya va Aqsh patentlagan dinamitni kashf etdi (1867). Tutunsiz poroxning tarkibini ishlab chiqdi. 33 millionga yaqin shved kronini (pul birligi) fizika, kimyo, fiziologiya, tibbiyot, adabiyot sohasidagi ishlarga hamda tinchlikni mustahkamlash yo�lidagi faoliyatlarga vasiyat qilib qoldirdi. Bu nobel mukofoti deb nomlanib har yili kimyo, fizika, adabiyot, tibbiyot va jahonda tinchlikni o�rnatish kabi sohalarda qilingan ishlar uchun berilib kelinmoqda


saytdagi barcha olimlar haqida o'qish
keyingi sahifadagi olimlar =>
ilm fan rivojiga hissa qo'shgan olimlar hayoti
kashfiyotchilar va ixtirochi olimlar.

Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezaylik !

Vosidiy Muslim tomonidan tayyorlandi. *** iqtibos olganda sayt manzili (http://kashfiyotlar.narod.ru) ko'rsatilishi shart.
Qo'shimcha taklif va mulohazalar yuborishingiz mumkin.. e-mail: leonardo73@rambler.ru
This template was provided free by www.free-templates.org

Hosted by uCoz