Flash animatsiyalarda virtual labaratoriya |
|
Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Qiziqarli masalalar va savollar
Quyoshli kunda
Quyoshli kunda daraxt soyasining uzunligiga qarab daraxtning balandligini qanday aniqlasa bo'ladi ?
Sartarosh
Bir sartaroshni oldiga mijoz kelibti sochini oldirgach sartaroshni pul turadigan qutisidagi pul qancha bo'lsa shuncha tashlabti va qaytimiga 20 so'm olib ketibti..
ikkinchi mijoz ham kelib huddi shunday qilibti yani qutida qancha pul bo'lsa shuncha tashlabti va 20 so'm olib ketbti..
uchunchisi ham yuqoridaga voqeyani takror qilibti va natijada sartaroshni qutisida mutlaqo hech narsa qolmabti yani puli tugabti hosh savol birinchi mijoz kelganida sartarosh qutisida qancha pul bo'lgan va ular qanchadan bergan?
Bakteriya
1ta bakteriya 1 sekundda 2 taga ko'payadi. O'sha 1ta bakteriyani bir bonka(idish)ga solganimizda 1 soatta liq to'ldi. Qancha vaqtda bakteriya Bonka (idish)ni yarmiga keladi ?
Vaznsizlik
Kosmik kemada vaznsizlik holatida, qum soat, prujinali soat, mayatnikli soatning qaysi biridan foydalanish kerak ?
G'ildirak
Quyidagi rasmda g'ildirak va uning ustida taxta turibdi. Agar g'ildirak v tezlik bilan harakatlansa uning ustidagi taxta qanday tezlik bilan oldinga harakatlanadi?
ustunlar
uzun yo'l bo'ylab 10 ta ustun o'rnatilgan, har bir ustundan keyingisigacha 1 km masofa. Sportchi birinchi ustundan o'ninchigacha yetib bordi va yana birinchi ustuga qaytib keldi. Sportchi qancha masofa yo'l bosdi ?
|
Kashfiyotlar va ixtirolar haqida o'rganing
|
Siz bilgan va bilmagan eng qiziqarli ma'lumotlar.
|
|