Kashfiyotlar, ixtirolar va ilm-fan yutuqlari
Kashfiyotlar va ixtirolar, fan texnika yangiliklari, fizik va ximik olimlar, qurilamlarning ishlashi, turli dvigatellar haqida, fizik hodisalar, Flash dasturida tayyorlangan o'yinlar, fizik hodisalar virtual labaratoriyasi, Flash test o'yinlari, jahon ilmiy tadqiqot markazlari, eng qiziqarli masalalar, Matematika, fizika, astronomiya, geometriya, ilm-fan haqida hikmatlar va boshqa ko'plab malumotlar hamda maqolalar
- asosiy sahifa - - sayt haqida - - biz bilan bog'lanish -

Flash animatsiyalarda virtual labaratoriya

Bilasizmi ?... Eng qiziqarli ma'lumotlar.

Tarixning takrorlanishini qarang.  Shundan xabaringiz bormi  ?

Napoleon 1760-yilda tug'ilgan. Gitler esa 1889 yilda olam yuzini ko'rgan.
bular o'rtasidagi farq 129 yil.
     Napoleon 1804 yilda hokimiyat tepasiga kelgan. Gitler esa 1933 yilda hokimiyatga kelgan. Buning farqi ham 129 yilga teng
    Napoleon Rossiyaga 1812-yilda hujum qilgan edi. Gitler esa 1941-yilda yilda urush boshladi. Buning farqi ham 129 yil.
    Har ikkisi ham davlat hokimiyati tepasiga 44 yoshida kelgan. har ikkisi ham Rossiyaga hujum qilganida 52 yoshda bo'lgan.
    Har ikkisi ham Rossiyaga hujum qilganida mag'lubiyatga uchragan.

buni qiyidagi jadvaldan yaxshiroq tushunish mumkin.
¹

Voqealar

Napoleon Gitler farq
1 Tug'ilgan yili 1760 1889 129
2 Hokimiyat tepasiga kelgan yili 1804 1933 129
3 Rossiyaga hujum qilgan yili 1812 1941 129
4 Hokimiyat tepasiga kelgandagi yoshi 44 44 o'xshash
5 Rossiyaga hujum qilgandagi yoshi 52 52 o'xshash


Bu raqamlarga nima deysiz ?

AQShning ikkala prezidanti tarjimai holidagi o'xshashliklar

Avraam Linkoln 1860-yilda birinchi AQSh prezidenti bo'lgan edi. Kennedi esa 1960-yilda prezidentlik saylovida yutib chiqib shu lavozimni egalladi. O'rtadagi farq 100 yilni tashkil etadi.
   Linkoln o'limidan keyin Jonson ismli kishi prezident bo'lgan. Kennedi o'limidan keyin ham uning orinbosari bo'lgan Jonson ismli kishi hokimiyat tepasiga kelgan.
   Aqshning bu ikki prezidenti tarjimai-holida boshqa o'xshashliklar ham bor. Ularning ikkovi ham AQShning jamubiy shtatidan bo'lib, demokrat va prezident bo'lgunga qadar senator bo'lishgan.
   Linkolnning o'rinbosari bo'lmish Jonson 1808 -yilda tug'ilgan. AQSh prezidenti  Kennedi o'limidan keyin uning o'rnini egallagan Jonson esa 1908- yilda tug'ilgan. Bularning o'rtasidagi farq ham 100 yilga teng.
   Linkolnning qotili Uilis 1829 -yilda tug'ilgan edi. Kennedining qotili hisoblangan Osvald esa 1929 -yilda tavallud topgan. Bu yerdagi farq ham 100 yilga teng.
   Har ikkala qotil ham sud boshlangunga qadar o'ldirilgan.
   Prezident Kennedining kotibining ismi Linkoln bo'lgan. Prezident Linkoln kotibining ismi Kennedi bo'lgan.
   Linkolnning  kotibi prezident o'limidan bir kun oldin teatrga bormang  deb iltimos qilgan edi. Kennedining kotibi ham unga Dallas shtatiga qiladigan safarni keyinga qoldirishni maslahat bergan. Ikkala prezident ham kotiblarining ana shunday maslahatiga ko'nmay oqibatda qotilning qurboni bo'lishdi.
 
¹

Voqealar

Linkoln Kennedi farq
1 Prezident bo'lgan yili 1860 1960 100
2 O'ldirilgan kuni juma juma o'xshash
3 O'rinlariga saylangan prezidentning nomi Jonson Jonson o'xshash
4 Jonsonlarning tug'ilgan yili 1808 1908 100
5 Prezidentlarning qotili Uilis Osvald -
6 Qotillarning tug'ilgan yili 1829 1929 100
7 Prezidentlarning kotibi  Kennedi  Linkoln teskari


 


Sahifadagi barcha qiziqarli malumotlarni o'qish
keyingi sahifadagi ma'lumotlar =>
Kashfiyotlar va ixtirolar haqida o'rganing
Siz bilgan va bilmagan eng qiziqarli ma'lumotlar.
REKLAMA uchun joy bepul

Aziz birodarlar! kelinglar, hayotimizni ilm bilan bezaylik !

Vosidiy Muslim tomonidan tayyorlandi. *** iqtibos olganda sayt manzili (http://kashfiyotlar.narod.ru) ko'rsatilishi shart.
Qo'shimcha taklif va mulohazalar yuborishingiz mumkin.. e-mail: leonardo1024@mail.ru
This template was provided free by www.free-templates.org

Hosted by uCoz